“Dermatologiya va kosmetologiyada zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz!
Konferensiya sanasi: 2025-yil 6-iyun
Joy: Samarqand shahri, Hilton Samarkand Regency mehmonxonasi, majlislar zali
Format: Offline
TASHKILOTCHILAR:

Respublika ixtisoslashgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Samarqand viloyat hududiy filiali
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi
Dasturda quyidagilar ko‘zda tutilgan:
Yetakchi mutaxassislar ishtirokida ilmiy sessiyalar
Ilmiy ma’ruzalar va tezislar taqdimoti
Farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy uskunalar ko‘rgazmasi
TEZIS TOPSHIRISHNING SO‘NGGI MUDDATI:
2025-yil 15-may
Ilmiy ishlarni yuborish manzili: niidiv@mail.ru
Manzil: Samarqand shahri, Panjikent ko‘chasi, 404
Faol ishtirokingizni intiqlik bilan kutamiz!
Hurmat bilan, Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi