RESPUBLIKA DERMATOVENEROLOGIYA VA KOSMETOLOGIYA MARKAZI

Innovatsion usullar va an’anaviy yondashuvlarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli xizmatlar sizning salomatligingizni qo‘llab-quvvatlash va tabiiy go‘zalligingizni yanada namoyon etish uchun mo‘ljallangan.

Dermatovenerologiya va kosmetologiya markazini tanlash uchun 18 sabab

Dermatovenerologiya va kosmetologiya sohasida Respublikadagi bosh muassasa bo‘lib, 90 yildan ortiq shonli tarixga ega. U bemorlarning hayot sifatini oshirish maqsadida jahon darajasidagi tibbiy xizmatlarni taqdim etadi. Klinika o‘z faoliyati uchun barcha ruxsat hujjatlariga ega.

Muassasa Xalqaro Akkreditatsiyadan (ACQH) o‘tgan va sertifikatlangan (ISO 9001:2015 / ISO 7101:2023) Davlat muassasasi hisoblanadi. Markaz faoliyati har qanday xatarlarni minimallashtirishga qaratilgan.

Davlat klinikasi isbotlangan tibbiyot standartlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruqlariga qat’iy rioya qilgan holda ishlaydi, shuningdek SSV tomonidan barcha tashxis, davolash faoliyatlari va moliyaviy siyosat ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan. Bizning narxlarimiz maqbul, past va moslashuvchan.

Klinika dermatovenerologik va kosmetologik muammolarni tashxislash, davolash va oldini olishda innovatsion uslublar hamda ilg‘or texnologiyalarni taklif qiladi.

Markaz Respublikada eng keng ko‘lamda bemorlarga yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, 14 ta hududiy filialga ega.

Muassasa dermatovenerologiya va kosmetologiya sohasidagi barcha standartlar va klinik protokollar muallifi hisoblanadi.

Klinika dunyoning 15 dan ortiq yetakchi klinikalari bilan hamkorlik qiladi hamda zarurat tug‘ilganda xorijiy olimlar ishtirokida tibbiy multidisiplinar konsiliumlar tashkil etish imkoniyatiga ega.

Bizning klinikamizda katta amaliy tajribaga ega haqiqiy mutaxassislar ishlaydi. Ular orasida 5 nafar professor, 12 nafar tibbiyot fanlari doktori, 28 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, shuningdek estetik tibbiyotning turli noyob uslublari bo‘yicha 9 nafar xalqaro sertifikatlangan trener bor.

Klinika xodimlari zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalarda ishlaydi, muntazam ravishda malaka oshirish kurslari, seminarlar, master-klasslar va boshqa tadbirlarda qatnashadilar.

Markazda turli soha shifokorlarining maslahatini olish imkoniyati mavjud, bu esa davolash rejasini amalga oshirgandan keyin bemor kutishi mumkin bo‘lgan natijani aniq prognoz qilish imkonini beradi. Markaz xodimlari bemorlarning ehtiyojlarini tinglab, ularning muammolari uchun optimal yechimlarni taklif qiladilar.

Markaz Candela, DEKA, LUTRONIC, DAVLIN, CLASSYS, FotoFinder, Inmode, BTL va boshqa ilg‘or, original uskunalarga va eng so‘nggi model dermatokosmetologik apparatlarga ega.

Markaz o‘z amaliy faoliyatida faqat sertifikatlangan davolash usullaridan va litsenziyalangan uskunalardan foydalanadi.

Markaz qulay sharoitli, individual ovqatlanishli, issiq va uy sharoiti yaratib beruvchi, yuqori xizmat darajasiga ega keng palatalarni taklif qiladi.

Markazga shifokor qabuliga oldindan yozilish barcha qulay usullar orqali amalga oshiriladi: telefon, elektron pochta, sayt, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar. Bu esa bemorlar uchun qulay vaqtni tanlash va qabul vaqtini aniq taqsimlash imkonini beradi.

Klinika tibbiy turizm sohasida yetakchi muassasa hisoblanadi va dunyoning 45 dan ortiq mamlakatidan kelgan bemorlar tomonidan tanlanadi.

Xizmatlar uchun to‘lov naqd va naqdsiz, bank kartalari orqali hamda jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

Tashxis va davolash faoliyatida korrupsiyaning yo‘qligi davolash va laboratoriya jarayonlarining to‘liq raqamlashtirilishi orqali ta’minlangan.

Klinika 1200 dan ortiq sharh asosida 4,7 reytingga ega.

100+ MALAKALI MUTAXASSISLAR   ✱   50 YILDAN ORTIQ ISH TAJRIBASI   ✱   70+ TURDAGI MUOLAJALAR   ✱   100+ MALAKALI MUTAXASSISLAR   ✱   50 YILDAN ORTIQ ISH TAJRIBASI   ✱   70+ TURDAGI MUOLAJALAR   ✱ 100+ MALAKALI MUTAXASSISLAR   ✱   50 YILDAN ORTIQ ISH TAJRIBASI   ✱   70+ TURDAGI MUOLAJALAR   ✱   100+ MALAKALI MUTAXASSISLAR   ✱   50 YILDAN ORTIQ ISH TAJRIBASI   ✱   70+ TURDAGI MUOLAJALAR   ✱
Sertifikatlar
Asosiy yo‘nalishlar
Ommabop murojaatlar
Bizning ishlarimiz
Videoblog
Galereya
Bizning hamkorlar
QABULGA YOZILING

Biz barcha savollaringizga javob berishga va professional maslahat berishga tayyormiz. Biz bilan bog‘lanishdan tortinmang — sizning sog‘lig‘ingiz va farovonligingiz biz uchun eng muhimdir.

Ish vaqti
Dushanba – Juma
9:30 – 17:00
Shanba
9:00 – 14:00
Yakshanba
dam olish kuni

Biz har doim sizga yordam berishga tayyormiz. O‘zingizga qulay vaqtda tashrif buyuring!

    Поля отмеченные * обязательны для заполнения

    Markaz mutaxassislari

    Bizning shifokorlarimiz va mutaxassislarimiz — bu dermatologiya, kosmetologiya va jarrohlik sohalarida yuqori malakali professionallar. Ularning tajribasi va sizning sog‘ligingiz hamda go‘zalligingizga bo‘lgan e’tibori muvaffaqiyatli davolanish va muolajalar kafolatidir. Teringizga va umumiy holatingizga eng yaxshi parvarish ko‘rsatishda bizning ekspertlar jamoamizga ishonishingiz mumkin.

    Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
    Instagram
    Telegram
    WhatsApp
    YouTube
    SAVOL-JAVOB

    Eng muhim savollarga javoblar. Xizmatlarimiz, mutaxassislarimiz va muolajalarimiz haqida batafsil ma’lumot oling.

    Bizning markazimiz dermatologiya, dermatokosmetologiya, plastik jarrohlik, dermatojarrohlik, dermatomikologiya, dermatovenerologiya, fizioterapiya, genodermatozlar, melanotsitlarni transplantatsiya qilish va trixologiyani o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli tibbiy xizmatlarni taklif etadi.

    Sizning sog‘lig‘ingiz va xavfsizligingiz — bizning ustuvor vazifamiz. Markazimizda barcha zaruriy standartlar va xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilinadi, bu sog‘liqni saqlash tashkilotlari tavsiyalariga to‘liq mos keladi.

    Biz uskunalarni muntazam dezinfeksiya va sterilizatsiya qilamiz, mutaxassislarimiz esa gigiyena bo‘yicha yuqori talablarga qat’iy amal qilish bo‘yicha doimiy ravishda o‘qitiladi.

    Siz bizning xizmatlarimiz sifati va xavfsizligingiz hamda qulayligingiz uchun ko‘rilayotgan barcha choralarimizga to‘liq ishonishingiz mumkin.

    Bizning markazimizda bemorlar uchun qulaylik va ochiqlikni ta’minlashga intilamiz. Kutish muddati ko‘rsatilayotgan xizmat turi va muayyan holatning xususiyatiga qarab farq qilishi mumkin. Qabul vaqti hamda mavjud bo‘sh joylar haqida aniqroq ma’lumot olish uchun +998 (55) 505 00 00 raqami orqali bizning qabul bo‘limimizga murojaat qilishingizni yoki veb-saytimizdagi onlayn ro‘yxatdan o‘tish shaklidan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.

    Biz turli xil teri, venerik va zamburug‘li kasalliklar, shuningdek, irsiy dermatologik kasalliklarni davolashga ixtisoslashganmiz.

    Kosmetologiya bo‘limimizda tashqi ko‘rinishingizni yaxshilash uchun quyidagi muolajalarni taklif qilamiz: mezoterapiya, botoks inyektsiyalari, plazmolifting, pilinglar va boshqa turli kosmetik xizmatlar.

    Siz qabulga yozilishingiz mumkin — buning uchun saytimizda ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali biz bilan bog‘laning yoki aloqa shakli orqali ariza qoldiring. Mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanib, barcha tafsilotlarni aniqlashtiradilar.

    Yangiliklar