Birinchi dermatologiya bo‘limi ilk bor 1939 yilda sifilidologiya bo‘limi sifatida tashkil etilgan va ilmiy-tadqiqot institutining dastlabki tarkibiy bo‘linmalaridan biri bo‘lgan. Bo‘lim sifilisning epidemiologiyasi, etiopatogenezi va diagnostika hamda davolash usullarini takomillashtirish bilan shug‘ullangan.
Turli yillarda bo‘limda tibbiyot fanlari nomzodlari N.V. Veksel, A.F. Baranov, D.A. Tseperson, I.N. Dmitrieva, S.Sh. Saipov, X.X. Xusanov, A.V. Desyatchikova, L.M. Sinitsina, X.A. Alimov, F.M. Maxsudov, D.X. Jalilov, V.A. Baratova, A.M. Abidov, A.A. Nabiev, Z.A. Parpiev, Sh.T. Muxtarova, L.M. Muxutdinov, G.B. Pyagay va boshqalar ishlagan.
1997–2011 yillarda sifilidologiya bo‘limiga tibbiyot fanlari doktori, professor Yuldashev K.A. rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida ko‘plab dissertatsiyalar himoya qilingan, monografiyalar va uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.
2011–2019 yillarda rejalashtirilgan rekonstruksiya tufayli bo‘lim faoliyat yuritmagan. 2019 yil 17-yanvardan u 1-dermatologiya bo‘limi sifatida qayta tashkil etildi. Hozirda bo‘lim mudiri dermatovenerolog Jabbarov Muminjon Masharipovich hisoblanadi. Bo‘lim 39 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, asosan tashxis va davosi murakkab bo‘lgan teri kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar yotqiziladi.
Mutaxassislar hududlarda tibbiy va uslubiy yordam ko‘rsatib, zamonaviy davolash usullarini joriy etishda ko‘maklashadilar. Bo‘limda murakkab klinik holatlar yuzasidan muntazam konsiliumlar o‘tkaziladi. Bo‘lim zamonaviy uskunalar bilan ta’minlangan.
Bo‘lim xodimlari orasida ordinator shifokor Ernazarov N.X., podolog shifokor Rasulova N.A., ilmiy xodim Ataniyazov A.B., n.s. Atajonov Sh.Yu., n.s. Isroilov A.A., n.s. Lutfillaeva U.Sh., n.s. Xaydaraliev U.M., n.s. Boqodirova A.A. faoliyat olib bormoqda.
Bo‘lim bazasida dissertatsiya ishlari ham olib borilmoqda. Soiskatel Rasulova N.A. “Psoriazli bemorlarda antitsitokin terapiyasining patogenetik asoslari” mavzusida tadqiqot qilmoqda (ilmiy rahbar: t.f.d., professor Raxmatov A.B.). Shu mavzu asosida maqolalar va uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan. Baza doktoranti Yakubova A.S. vitiligo rivojlanishining klinik-genetik, biokimyoviy mexanizmlari va terapiya usullarini takomillashtirish bo‘yicha PhD darajasini himoya qilgan (ilmiy rahbar: t.f.d., professor Sabirov U.Yu.).
Bo‘limda podologiya xonasi faoliyat yuritib, tirnoq kasalliklari, kaft va tovon patologiyasi bo‘lgan bemorlarga yuqori malakali yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, turli dermatologik kasalliklarda plazmaferez, PRP va VLOK-terapiya keng qo‘llaniladi.
Shu tariqa, Birinchi dermatologiya bo‘limi zamonaviy davolash va diagnostika uskunalari, keng ilmiy bazaga ega, samarali va moslashtirilgan davolash metodlarini amaliyotga tatbiq etadigan markazning yetakchi bo‘linmalaridan biridir.

