O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi RIDV va KIATM maslahat poliklinikasi klinikaning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Maslahat poliklinikasining faxriy rahbarlari Maqsudov F.M., Rashidxo‘jayev D.Yu., t.f.n. Yepisheva L.V., t.f.d. Alimov B.D., t.f.n. Ubaydullayev Z.X., t.f.n. Nabiyev A.A. Maslahat poliklinikasida faxriy dermatovenerolog-shifokorlari Muxamedov S.M., Rasulev A.X., Abdullayev X.A., Plexistova L.A., Isayeva L.V., Inoyatova N.A., Kim Ye.S., Soy M.R., Rasuleva N.R., Mangitov O.K.

Hozirgi kunda maslahat poliklinikasida bemorlarni qabul qilish oliy malakali mutaxassislar t.f.n., k.i.x. Raxmatov T.P., t.f.n., k.i.x. Kurbanova N.K., PhD Inoyatov D.A., Ibragimova G.R., Nazarova B.U., PhD Tashpulatov Sh.Sh,  Yerpolatova G.B ., Soatkulova O.V ., Tasheva N.M. ish faoliyatini olib borishmoqda.

Maslahat poliklinikasi shifokorlari turli teri kasalliklari, zamburug‘li kasalliklar va JYBYUК bilan og‘rigan bemorlarga malakali ixtisoslashtirilgan ambulator tibbiy yordam ko‘rsatadi, shu jumladan ambulator davolanishni amalga oshiradi. Ular og‘ir dermatozlar, mikozlar, tanosil kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni Markazning ixtisoslashtirilgan bo‘limlariga o‘z vaqtida yotqizishni tashkil etadi. Zarur hollarda bemorlarni sog‘liqni saqlash tizimining ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga yuborishni asoslaydi. O‘tkazilayotgan terapiyaning klinik samaradorligini oshirish imkonini beradigan teri, zamburug‘li kasalliklar va JYBYUK ni tashxislash va davolashning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Poliklinika xodimlari tomonidan dermatovenerologik va zamburug‘li kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari qo‘llanilmoqda:

  • Allergik reaksiyani keltirib chiqaradigan sabablarni aniqlashga imkon beradigan allergenni aniqlash uchun diagnostik testlar. Sinov inson qon zardobi va plazmasida allergen-spetsifik IgE miqdorini aniqlash imkonini beruvchi yangi avlod tekshiruvi yordamida zamonaviy usulda o‘tkaziladi;
  • Dermatoskopiya Fotofinder (yuqori diagnostik qiymatga ega bo‘lgan teri hosilasi tabiatini ishonchli aniqlashga imkon beradigan noyob kontaktsiz diagnostika usuli);
  • VUD lampasi (zamburug‘li va boshqa teri kasalliklarini aniqlash uchun xizmat qiladigan diagnostika usuli;
  • Kriodestruksiya (suyuq azot yordamida turli o‘smalarni parchalash va olib tashlash);
  • Ultratovush tekshiruvi – inson organizmini ultratovush to‘lqinlari yordamida noinvaziv tekshirish;
  • Teri biopsiyasi – yakuniy diagnostika usuli bo‘lib, uning davomida bemordan to‘qimalarning kichik bir qismi olinadi va uning tekshiruvi o‘tkaziladi;
  • Multi Skin Test Center MC 1000 diagnostika majmuasi yordamida teri parametrlarini (namlik, yog‘lilik, teri pigmentatsiyasi va eritemasi, elastiklik, TEPV indeksi, harorat, teri yuzasining pH darajasi) baholash.

Poliklinika vrachlar tarkibining boy nazariy bilimlar zaxirasi, katta amaliy ish tajribasi, ilmiy qiziqishlarining keng doirasi Markazning amaliy ishida talabga ega.

 

Maslahat poliklinikasiga 2020 yildan buyon tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim, oliy toifali shifokor Mullaxonov Javlon Baxtiyorovich rahbarlik qilib kelmoqda.

2009-yilda J.B. Mullaxonov Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy-pedagogika fakultetini “davolash ishi” va “pedagog” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2009-yildan 2011-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining RIDV va KIATM bazasida “dermatovenerologiya” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturada 2 yillik o‘qishni tamomlagan.

Javlon Baxtiyorovich Mullaxanov O‘zR SSV RIDV va KIATM Yosh olimlar kengashi raisi, RIPIATM Ilmiy kengashi a’zosi, “Dermatovenerologiya va estetik tibbiyot” ilmiy-amaliy jurnali (O‘zbekiston), “Terapevt” ilmiy-amaliy jurnali (Rossiya), “Juvenis scientia” ilmiy-amaliy jurnali (Rossiya) tahririyat kengashi a’zosi, Yevropa dermatovenerologlar akademiyasi a’zosi, International Society of Dermatology a’zosi (AQSH), O‘zbekiston dermatovenerologlar assotsiatsiyasi a’zosi.

N.N. Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi bazasida (Moskva, Rossiya) “Onkodermatologiya” qo‘shimcha kasbiy dasturi bo‘yicha malaka oshirish kursidan o‘tdi.

2019-yilda J.B. Mullaxanov “Eshakem bilan kasallangan bemorlarda immun va mikrobiologik holatning klinik-diagnostik ahamiyati va davolash usullarini takomillashtirish” mavzusida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini, 2022-yilda “Teri allergik kasalliklarini tashxislashning immunogenetik, biokimyoviy va mikrobiologik markerlari hamda ularni davolash va oldini olish usullari” mavzusida tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.

2020-yilda katta ilmiy xodim unvonini oldi.

J.B.Mullaxanov Amerika Qo‘shma Shtatlari, Fransiya, Gretsiya, Germaniya, Italiya, Shveysariya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Gruziya, Qozog‘iston, Turkmaniston va boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi bo‘lgan.

Услуги
Болезни
Врачи
No results found.