Teri va venerik kasalliklarning epidemiologik holatini o‘rganish ilmiy laboratoriyasi
Teri va venerik kasalliklarning epidemiologik holatini o‘rganish ilmiy laboratoriyasi laboratoriyaning yangi ilmiy yo‘nalishi hisoblanadi va 2020-yil 29-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6097-sonli “2030-yilgacha ilm-fanni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2021-yil 26-maydagi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Teri va venerik kasalliklarning epidemiologik vaziyatini o‘rganish ilmiy laboratoriyasi Markazning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, Markazning boshqa bo‘linmalari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Ilmiy laboratoriya mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Eshboev E.X. hisoblanadi. Uning rahbarligida tibbiyot fanlari nomzodi Fattahov B.Sh., Abdullaev D. faoliyat olib bormoqda.
Laboratoriya ambulator va statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlar orasida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan teri va venerik kasalliklar bo‘yicha epidemiologik tadqiqotlar olib boradi, shuningdek, Markaz filiallarida ham. Aholining migratsiyasi kuchaygan sharoitda respublika bo‘yicha teri, parazitar va venerik kasalliklar bo‘yicha statistik ma’lumotlarning ilmiy tahlilini olib boradi. Xodimlar bugungi davr talablariga muvofiq teri parazitar va zamburug‘li kasalliklarning tarqalishini muntazam o‘rganadi va ilmiy tadqiqotlar asosida nazoratni kuchaytiradi.
Shuningdek, kam uchraydigan, irsiy xususiyatga ega teri kasalliklari va dermatozlarning erta tashxisi hamda profilaktikasini o‘rganish, ularning oldini olish yo‘llarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Respublikaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida ommaviy axborot vositalari (radio, televidenie, gazeta va jurnallar) orqali teri va venerik kasalliklarning holati va profilaktikasi to‘g‘risida chiqishlar qilinadi.
Ilmiy laboratoriyaning funksiyalari:
-
Markazning ilmiy faoliyatini istiqbolli va joriy rejalashtirish (ilmiy laboratoriya vazifalariga muvofiq).
-
Xodimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari bo‘yicha yakuniy hisobotlarni tayyorlash va tuzish (bosh ilmiy xodimlar, katta ilmiy xodimlar, kichik ilmiy xodimlar, doktorantlar, izlanuvchilar).
-
Ilmiy laboratoriyaning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hujjatlarni yuritish va statistik ma’lumotlarni tayyorlash. Ilmiy-tadqiqot loyihalari, dasturlar, grantlarda ishtirok etish uchun tanlov arizalariga kiruvchi rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam va ishtirok etish.
-
Ixtirolar va innovatsion ishlanmalar uchun texnik hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish.
-
Ilmiy maqolalar va boshqa ilmiy mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazish, ularni ochiq nashrlarda chop etish qonuniyligini belgilash.
-
Markazning Ilmiy Kengashini tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etish.
-
Markazning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ilmiy-texnik hamda innovatsion sohalarni bozor iqtisodiyoti sharoitlariga mos ravishda rivojlantirish yo‘llarini aniqlash.
-
Laboratoriya faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash.
-
Davlat, tarmoq va mintaqaviy ilmiy dasturlar, grant tanlovlariga kiruvchi alohida ilmiy-tadqiqot loyihalari va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish.
-
Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha loyihaviy va reja-hisobot hujjatlarini rasmiylashtirish.
-
Ilmiy tadbirlarni (s’ezdlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqalar) tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni bajarish.

