Dermatovenerologiya va reproduktiv buzilishlar bo‘limi institut tashkil topgan paytdan klinik bo‘lim tarkibida faoliyat yuritgan. Bo‘limning birinchi mudiri prof. D.A. Vedenskiy bo‘lgan. Keyingi yillarda bo‘limga rahbarlik qilganlar: N.K. Grinevich (1946 yilgacha), D.A. Katsenovich (1946–1950 yy.), M.U. Mirsagatov (1950–1975 yy.), E.S. Baluýants (1978–1984), Ya.B. Skvortsov (1985–1992), A.M. Abidov (1992–1994 yy.), M.A. Adilov (1994–1995 yy.), L.V. Jurovleva (1995–1999), A.G. Ambartsumov (1999–2000 yy.), Z.X. Ubaydullaev (2001–2004), A.A. Nabiev (2004–2016). 2016 yildan hozirgi vaqtgacha bo‘limga tibbiyot fanlari nomzodi Zabixulla Xabibullaevich Ubaydullaev rahbarlik qilmoqda.
Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishi turli xil teri kasalliklari, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar va ularning reproduktiv asoratlari bilan og‘rigan bemorlarni samarali tashxislash va davolashdan iborat.
Ubaydullaev Zabixulla Xabibullaevich 1996 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutini “pediatriya” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1996–1997 yy. Toshkent shahar Yunusobod tumani shahar klinik bolalar shifoxonasida “bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi” bo‘yicha internatura o‘tagan. 1997 yildan “Teri va venerik kasalliklar” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturaga kirib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Dermatologiya va venerologiya ilmiy-tadqiqot institutida tahsil olgan.
1999–2001 yy. “Ona va bola” bo‘limida ilmiy xodim, 2001–2003 yy. Dermatologiya va venerologiya ilmiy-tadqiqot institutida 2-venerologiya bo‘limi mudiri, 2003 yildan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi maslahat poliklinikasi rahbari bo‘lib ishlagan. Oliy toifali shifokor, 2012 yilda “Endogen intoksikatsiya va immun holatini hisobga olgan holda rangli temiratkini davolashni optimallashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ubaydullaev Z.X. o‘z faoliyatida d.m.f.d. Sh.I. Ibragimov, d.m.f.d. Vaysov A.Sh., d.m.f.d. Arifov S.S., d.m.f.d. Abidova Z.M., d.m.f.d. Raxmatov A.B., d.m.f.d. Yuldashev K.A., k.m.n. Abidov A.M., k.m.n. Luk’yanova A.S. kabi ustozlardan saboq olgan. U O‘zbekiston dermatovenerologlar assotsiatsiyasi, Toshkent shahri va viloyati dermatovenerologlar jamiyatining a’zosi bo‘lib, ko‘plab ilmiy anjuman va konferensiyalarda qatnashgan.
Bo‘limda d.m.f.d., katta ilmiy xodim D.F. Porsoxonova rahbarligida OITS va reproduktiv buzilishlar muammolari bo‘yicha klinik davra suhbatlari, murakkab klinik holatlarni muhokama qilish, maslahatlar o‘tkaziladi. Urinogenital yo‘lning murakkab mikst-infeksiyalarini davolashning mualliflik metodikasi hamda vulvaning distrofiya kasalliklarini past intensivlikdagi fotodinamik terapiya orqali kompleks davolash usuli joriy etilgan. Fotodinamik lazer terapiyasi (FDT) infeksion va turli lokalizatsiyadagi teri kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan zamonaviy usul bo‘lib, reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi hamda antibakterial va antivirus ta’sir ko‘rsatadi.
Bo‘limda ilmiy va klinik faoliyatni uyg‘unlashtirib olib borayotgan mutaxassislar faoliyat yuritmoqda: d.m.f.d. Mirsaidova Munisa Abdushukurovna, k.m.n. Fattaxov Bobir Shavkatovich, k.m.n. Raxmatullaeva Sevara Nodirbekovna, shifokorlar Abdullaev Mirlaziz Akbarovich, urolog-shifokor Sagdullaev Farxod Sagdullaevich, izlanuchi Rosstalnaya Marianna Leont’evna, ordinator shifokor Turdiev Jaxongir Raxmatovich.

