Klinik-diagnostika laboratoriya 1934 yilda B.R. Dombrovsky tomonidan tashkil etilgan. Keyinchalik laboratoriyani M.V. Levenstein, Ch.I. Burnshtein, M.F. Shopina, E.X. Eshboev, N.N. Tadjiyeva, Z.O. Karimova, N.X. Shukurova boshqargan. 2011 yildan buyon laboratoriyaga k.m.n. U.A. Mamatkulov rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi vaqtda laboratoriyada — bir nafar tibbiyot fanlari nomzodi, bir nafar yuqori toifali shifokor va bir nafar birinchi toifali shifokor faoliyat yuritmoqda.
Kliniko-diagnostik laboratoriya teri kasalliklari va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar bo‘yicha barcha zarur tadqiqotlarni amalga oshiradi. Asosan barcha tadqiqotlar zamonaviy avtomatik va yarim avtomatik uskunalarda olib boriladi. Klinik tahlillar biologik suyuqliklar — qon, siydik, axlat va boshqa moddalardagi ko‘rsatkichlarning miqdoriy va sifatli tavsifini beradi.
Bugungi kunda laboratoriya quyidagi zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan: avtomatik gematologik analizator «HumaCount 60TS», avtomatik gematologik analizator «Mindray BC-5000», avtomatik biokimyoviy analizator «BS-200», yarim avtomatik siydik analizatori «UA-66».
Hozirgi vaqtda laboratoriyada bir qator zamonaviy, informativ, umumiy klinik, maxsus klinik va biokimyoviy tadqiqot metodlari joriy etilgan bo‘lib, ular jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, dermatomikozlar va surunkali dermatozlarni o‘z vaqtida diagnostika qilish va davolashda katta amaliy ahamiyatga ega.
Laboratoriya xodimlari boshqa bo‘lim xodimlariga grant va dissertatsiya tadqiqotlarida ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatishda doim faol ishtirok etadi.
Kliniko-diagnostik laboratoriya rahbari — Mamatkulov Ulug‘bek Arzikulovich, 1956 yilda tug‘ilgan, tibbiyot fanlari nomzodi. 1979 yilda Samarqand Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. 1988 yilda «Temir, kobalt va mis polimer metall komplekslarining immuno-farmakologik xususiyatlari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2004 yildan Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi dermatologiya va venerologiya bo‘limida grant loyihalari bo‘yicha katta ilmiy xodim sifatida ishlagan.
Mamatkulov U.A. 100 dan ortiq ilmiy ishlar, metodik tavsiyalar, axborot xatlari va patentlar muallifi hisoblanadi.

