TOSHKENT SHAHRI VA TOSHKENT VILOYATI DERMATOVENEROLOGLARI VA TIBBIY KOSMETOLOGLARINING ILMIY-AMALIY JAMIYATI TARIXI VA FAOLIYATI

Oʻzbekiston dermatovenerologlari va kosmetologlarining ilmiy-amaliy jamiyati (hozirda Assotsiatsiya) MDH mamlakatlaridagi birinchi nodavlat tashkilotlardan biri hisoblanadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida teri va tanosil kasalliklari boʻyicha ilmiy-amaliy jamiyat 1934-yilda tez rivojlanayotgan tibbiyot, xususan oʻsha davr dermatovenerologiyasi sharoitida mutaxassislarni birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. Uning tashkil etilishida prof. A.A. Akovbyan, prof. M.V. Borzov, prof. A.I. Kartamyshev va boshqalar faol qatnashganlar.

2009-yilda «dermatovenerologlar jamiyati» nomi «dermatovenerologlar va kosmetologlar jamiyati» deb oʻzgartirildi. Jamiyatning asosiy maqsadi — dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya sohasida shifokorlarning professional faoliyatini oshirishga koʻmaklashishdir.

Hozirgi vaqtda jamiyat Oʻzbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot, pedagogik va amaliy faoliyat bilan shugʻullanayotgan dermatovenerolog va tibbiy kosmetolog shifokorlarni birlashtiradi.

Jamiyat yigʻilishlarida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining professorlari, yetakchi va yosh dermatovenerologlar va dermatokosmetologlar, klinik ordinatorlar, tibbiyot institutlari talabalari, shuningdek, turdosh va xorijiy mutaxassislar ishtirok etadilar. Jamiyat raisi — t.f.d., prof. Arifov S.S. (Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi mudiri), rais oʻrinbosarlari — t.f.d. Mavlyanova Sh.Z. (RIDV va KIATM dermatologik kasalliklarni oʻrganish ilmiy guruh rahbari), Mulladjanova G.A. (Shahar KVD bosh shifokori oʻrinbosari), Maxmudov Sh.X. (Toshkent viloyati RIDV va KIATM filiali bosh shifokori), texnik kotib — Yesionova E.V. (RIDV va KIATM kichik ilmiy xodimi). Jamiyat yigʻilishlari har oyda bir marta RIDV va KIATM zalida (Oʻzbekiston Respublikasi, 100109, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy koʻchasi 3A) oʻtkaziladi.

                           

Kun tartibiga muvofiq jamiyat yigʻilishida dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiyaning dolzarb muammolari boʻyicha 1 yoki 2 ta ma’ruza tinglanadi, kam uchraydigan, atipik va ogʻir kechuvchi dermatozlar bilan ogʻrigan bemorlar koʻrsatiladi. Ma’ruzalar original tadqiqotlar natijalariga yoki ilmiy ishlarning amaliy natijalariga bagʻishlanadi va yigʻilish ishtirokchilari tomonidan batafsil muhokama qilinadi. Bemorlarning namoyishi amaliy shifokorlarda alohida qiziqish uygʻotadi. Bemorning oʻzi yoki uning elektron varianti (fotosurat va kasallik tarixidan ko‘chirma) hamda barcha laborator-instrumental tekshiruvlar taqdim etiladi va har bir klinik holat batafsil muhokama qilinadi.

Soʻnggi vaqtlarda jamiyat yigʻilishlarida respublika va xorijiy mamlakatlarning yetakchi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar tinglandi. «Goffmanning abstsess hosil qiluvchi follikuliti», «Behchet kasalligi», «Sklerodermiya», «Bullez epidermoliz», «Gottronning kartsinoid papillomatozi», «Neyrofibromatoz», «Dermatomiozit», «Angiokeratoma», «Kaposhi sarkomasi», «Papillon-Lefevr sindromi», «Surunkali yara pyodermiyasi», «Aktinik porokeratoz», «Blyashechniy parapsoriaz», «Assimetrik periflexural toshma», «Teri leyshmaniozining antropogen shakli», «Sarkoidoz (Benye-Bek-Shauman kasalligi)», «Granulematoz rozaçea», «Gužero-Karto oqimli retikulyar papillomatozi», «Meleda oroli keratodermiyasi» va boshqa kam uchraydigan tashxisli bemorlar namoyish qilindi.

2024-yildan boshlab jamiyatning onlayn yigʻilishlari dermatovenerologiya va kosmetologiya boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazning barcha hududiy filiallariga va qiziqqan turdosh mutaxassislarga ham ochiq boʻldi.

Jamiyat yigʻilishlarida ishtirokchilar dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiyaga oid me’yoriy hujjatlar bilan muntazam tanishib boradilar.

Jamiyat yigʻilishlarida klinik dermatovenerologiya va kosmetologiyaga yangi joriy etilgan dori vositalari va asbob-uskunalarning toʻgʻri farmakoterapiyadagi oʻrni ham muhim ahамият касб этади.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati dermatovenerolog va tibbiy kosmetolog shifokorlarining ilmiy-amaliy jamiyati shifokorlar qimmatli bilimlarni oladigan va klinik tajriba almashadigan maktab hisoblanadi.