Laboratoriya faoliyatini 2019 yildan mustaqil bo‘lim sifatida boshlagan. Shundan oldin u kliniko-diagnostik laboratoriyaning bir qismi bo‘lgan. Hozirgi vaqtda laboratoriyada zamonaviy, informativ ilmiy tadqiqotlar yo‘lga qo‘yilgan va joriy etilgan bo‘lib, ular dermatologik kasalliklarni o‘z vaqtida tashxislash va davolashda katta amaliy ahamiyatga ega, shuningdek murakkab teri kasalliklarini differensial diagnostikada klinitsistlarga yordam beradi.
Laboratoriya quyidagi tadqiqotlarni amalga oshiradi:
-
Gistonologik tadqiqotlar
-
Immunogistonimik tadqiqotlar
-
Immunomorfologik tadqiqotlar (terining melanomasi, limfomalar, bullyoz kasalliklar va boshqa teri kasalliklari)
Asosan barcha tadqiqotlar zamonaviy avtomatik va yarimavtomatik uskunalarda olib boriladi: kriostat, yarimavtomatik autosteyner, avtomatik gisto-protsessor, «Nikon» mikroskopi optik qo‘shimchalar bilan.
Laboratoriya xodimlari doimiy ravishda boshqa bo‘lim xodimlariga grant va dissertatsiya tadqiqotlarining fragmentlarini bajarishda ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadilar.
2019 yil aprel oyidan laboratoriyani Abdullaxojaev Kamoliddin Abdurahmonovich boshqaradi.
U 2000 yilda II ToshGOSMI davolash fakultetini tugatgan. 2005 yildan boshlab u Respublika maxsus ilmiy-amaliy dermatologiya va venerologiya markazida grant loyihalari bo‘yicha ilmiy xodim sifatida ishlagan. 2006 va 2018 yillarda chet elda dermatopatologiya bo‘yicha stajirovkalar va treninglardan o‘tgan. 2006 yilda «Artemisia Absinthium L, Cochorium Intubis L, Pimpinella Anisum dan tayyorlangan majmual dorining dermatoprotektiv faolligini farmakologik baholash» mavzusida ilmiy darajasini himoya qilgan.
U 100 dan ortiq ilmiy ishlar, metodik tavsiyalar, axborot xatlari va patentlar muallifi hisoblanadi.

