Dermatolog ko‘rigiga tayyorgarlik va murojaat qilish sabablari
Dermatolog maslahati teri va uning qo‘shimcha qismlarining o’tkir yoki surunkali kasalliklaridan aziyat chekayotgan bemorlar uchun zarur. Mazkur soha mutaxassisi patologiyaning sababini aniqlaydi, kompleks tekshiruv o‘tkazadi hamda individual davolash rejasini tuzadi.
Dermatolog qabuliga turli etiologiyali teri kasalliklari mavjud bo‘lgan hollarda murojaat qilinadi. Bu alohida mustaqil kasalliklar bo‘lishi yoki somatik kasalliklarning belgisi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Ayrim teri kasalliklari yuqumli bo‘lishi, pigmentatsiya buzilishlari (giperpigmentatsiya yoki gipopigmentatsiya), chandiqlar va izlar qoldirishi mumkinligi bois, shifokorga murojaatni kechiktirish tavsiya etilmaydi.
O‘z-o‘zini davolashdan tiyilish kerak, chunki ba’zi teri kasalliklarining o’tkir shakllari mos terapiyasiz surunkali shaklga o‘tib ketishi mumkin, bu esa to‘liq sog‘ayish imkoniyatini sezilarli darajada kamaytiradi.
Dermatolog ko‘rigiga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
- Oldin o‘tkazilgan barcha tibbiy tekshiruv natijalarini o‘zingiz bilan olib keling;
- Agar sizda surunkali teri kasalliklari bo‘lsa — boshqa shifokorlar tomonidan olib borilgan kuzatuv hujjatlarini tayyorlang;
- Qabulga kelishdan 2–3 kun oldin quyoshda toblanishdan saqlaning;
- Teri zararlangan joylarga davo uchun mo‘ljallangan malham, krem va boshqa vositalarni surtmang;
- Agar muammo yuz sohasida bo‘lsa, ayollarga kosmetika (tonal krem, lab bo‘yog‘i va h.k.) ishlatmaslik tavsiya etiladi;
- Qabuldan 2–3 kun oldin allergiya chaqiruvchi mahsulotlardan voz keching;
- Teri muammosi tirnoqlarda bo‘lsa — qabuldan 5–7 kun oldin ularni kesmang.
Dermatolog ko‘rigiga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
- Respublikamizdagi eng qadimiy dermatologik muassasalardan biri bo‘lib, 90 yildan ortiq tarixga ega;
-
Dermatovenerologiya va kosmetologiya sohasida katta tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi;
-
Eng zamonaviy davolash va diagnostika texnologiyalari, shu jumladan sun’iy intellektdan foydalaniladi;
-
Eng innovatsion davolash uslublari qo‘llaniladi;
-
Boshqa soha mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikda ishlanadi (multidisiplinar yondashuv);
-
Har bir bemorga individual yondashuv ta’minlanadi.

