Umumklinik boʼlimi quyidagilardan iborat:
- Qabul boʼlimi. Statsionar boʼlimlariga avvaldan ambulator tekshiruvlaridan maslaxat poliklinikasi orqali quyilgan tashxis va birlamchi oʼtkazilgan skrining taxlillari asosida rasmiylashtirib yuborish vazifasini bajaradi.
- Tor mutaxasislar: terapevt, gastroenterolog, ikkita endokrinolog (kattalar va bolalaruchun aloxida), ginekolog, stomatolog, nevropatolog, parazitolog, podologiya boʼyicha (ikkita mutaxassis podolog).
- Аnonim xona. Аnonim tekshiruvlar va davolashlar uchun belgilangan xonada vrach dermatovenerolog va vrach androlog faoliyat koʼrsatishadi.
- Funktsional diagnostika ultra tovush tekshiruvlar uchun belgilangan 2 kabinetdan iborat boʼlib statsionar va ambulator bemorlarga xizmatlar koʼrsatilishi uchun belgilangan.
- Yordamchi tibbiy xizmatlar koʼrsatuvchi xizmati: sterilizatsiya bloki va dezokamera.
- Diagnostika va davolash jarayonlari oʼrnatilgan tartibda meyoriy xujjatlarga asoslangan xolda diagnostika va standartlar asosida ish yuritish yoʼlga qoʼyilgan.

