Dermatologiya bo‘limi 1932 yilda professor A.I. Kartamishev tomonidan tashkil etilgan. Dastlabki yillarda unga professor M.V. Borzov, keyinchalik professor A.S. Zelmanovich, Ikkinchi Jahon urushi yillarida esa professor M.A. Rozentul, keyinchalik tibbiyot fanlari nomzodlari A.I. Slavin va N.T. Tursunovlar rahbarlik qilganlar. 1967 yildan boshlab kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi O.S. Solixov (1967-1976 y.), professor F.I. Ibragimov (1976-1989 y.), t.f.d. U.K. Beluxa (1989-1991y.), professor va S.S. Arifovlar (1991-2000y.) rahbarlik qilishgan.
2000 yildan boshlab hozirgi kungacha bo‘limga tibbiyot fanlari doktori, professor Sh.Z. Mavlyanova rahbarlik qilib kelmoqda. Turli yillarda bo‘limda I.N. Dmitriyeva, R.P. Kats, L.M. Kotova, N.N. Tixonova, L.V. Yepisheva, R.U. Murodov, V.T. Bazayev, Z.M. Obidova, S.S. Xasanov, E.A. Qodirov, N.N. Ivanova, L.A. Plechistova, P.S. Sobolev, J. Shodiyev, I.R. Raximov, L.T. Xasanova, S.A. Tillavberdiyev, U.S. Solixo‘jayeva, G.A. Nuritdinova, R.I. Isanbayeva, A.SH. Inoyatov, J.B. Mullaxonov, D.R. G‘ofurjonova, Y.M. Baklikova, N.X. Ernazarov, M.M. Jabborov, B.T. Soatov, G.S. G‘ulomova faoliyat olib borishgan.
Hozirgi kunda bo‘lim mudiri vazifasini Ismagilov A.I bajarib kelmoqda. (Бу гап русча текстда йўқ). Bo‘limda asosiy doktorantlar: Ja’farov X.M., Abduqodirova Y.SH., shifokorlardan Yesionova Y.V., Burxonov A.U., Obidov S.Z., Sadiyev Sh.F., Zakirov B.X, Qodirova M.A., Mirzaqulova Sh.N. vrach ordinator Mutavaliyev M.S. ishlab kelmoqdalar. (сариққа белгиланганлар русча текстда йўқ).
Bo‘lim hodimlari atopik dermatit, ekzema, sklerodermiya, alopetsiya, (булар русчасида йўқ) psoriaz, qizil yassi lishay, po‘rsildoq yara, teri limfomasi va boshqa dermatozlarning og‘ir shakllaridan bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqadilar va amaliyotga joriy qiladilar.
2022 yildan boshlab Dermatologiya bo‘limi bazasida dermatozlarning muammolarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy laboratoriya tashkil etildi.
Dermatologiya bo‘limida fundamental va amaliy, innovatsion grant tadkikotlar amalga oshirildi.
Fundamental grant:
- Allergik dermatozli bemorlarda opportunistik infeksiyalar shakllanishining molekulyar-genetik va biokimyoviy mexanizmlarini o‘rganish va O‘zbekistondagi tabiiy resurslarni qo‘llashga asoslangan terapiyaning yangi usullarini ishlab chiqish” (2017-2020 y.). Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori, professor Mavlyanova Sh.Z.
Amaliy grantlar:
- Atopik dermatitni davolash va oldini olishning yangicha tashxislash va optimal terapiyasining usullarini ishlab chiqish. Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Mavlyanova Sh.Z.;
- Organizmning immuno-biokimyoviy holatini hisobga olgan holda atopik dermatitning xurujini oldini olish, og‘irlik darajasini aniqlash va davolash usullarini ishlab chikish. Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Mavlyanova Sh.Z.;
- Allergodermatozlarning rivojlanishidagi immunogenetik, metabolik va mikrobiologik markerlar hamda ularni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish yo‘llari. Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Mavlyanova Sh.Z.;
- Allergodermatozlarni sirtqi davolashda O‘zbekistondagi tabiiy xomashyo asosidan tayyorlangan yangi dori vositalarini ishlab chiqish. Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Mavlyanova Sh.Z.
Innovatsion grantlar:
- Sog‘liqni saqlash amaliyotiga atopik dermatitning og‘irlik darajasini tashxislash usullarini joriy etish. Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Mavlyanova Sh.Z.;
- Sog‘liqni saqlash amaliyotiga atopik dermatitning kompleks davolash usullarini joriy etish. Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Mavlyanova Sh.Z.;
- Sog‘liqni saqlash amaliyotiga husnbuzar kasalligining og‘irlik darajasini tashxislash usullarini joriy etish. Ilmiy rahbar: t.f.n., k.i.x. Inoyatov A.SH.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT (nodavlat notijorat tashkilotlar) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ko‘magida O‘zbekiston dermatovenerologlar assotsiatsiyasining grantlari:
- Qishloq ayollari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va keng ko‘lamli joriy etish (Navoiy viloyati misolida). Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Mavlyanova Sh.Z.;
- Orolbo‘yi mintaqasida ekologik omillarning allergik teri kasalliklariga ta’siri. Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Orifov S.S.;
- Buxoro viloyatidagi ekologik vaziyatni hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘ini darajasida allergik, zamburug‘li teri kasalliklari va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalarning profilaktikasi. Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Mavlyanova Sh.Z.
- Kremniyli eritmalar asosida parafarmatsevtik mahsulotdardan yangi avlod dori vositalarini ishlab chiqish. Ilmiy rahbar: t.f.n. Mo‘minova S.R.
• Bolalarda atopik dermatit va teri zamburug‘li teri kasalliklarini sirtqi davolashda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish. Ilmiy rahbar: t.f.d., professor Mavlyanova Sh.Z.
Yosh olimlar uchun amaliy grantlar:
- Immunosupressiv bemorlarda opportunistik mikozlarni o‘rganish. Ilmiy rahbar: Tillavberdiyev Sh.A.
- Surunkali qaytalovchi eshakyemini tashxislash, davolash va profilaktikasining yangi usullarini ishlab chiqish. Ilmiy rahbar: PhD, k.i.x. Mullaxonov J.B.
Hozirgi kunda bo‘limda quyidagi grant o‘tkazilmoqda:
“Turli xil jarohatlarda teri qavatlarida regenerativ jarayonlarni rag‘batlantirish uchun biriktiruvchi to‘qima hujayrasi asosida to‘qima muhandisligini qo‘llab konstruksion biomaterial olish texnologiyalarini ishlab chiqish”. Loyiha rahbari D.R. Xakimov.
Bo‘limda quyidagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
- Tayanch doktorant Mirzaqulova Sh.N. “Atopik dermatitning og‘irlik darajasini tashxislash dasturini ishlab chiqish va davolash usullarini takomillashtirish”;
- Tayanch doktorant Qodirova M.A. “Akantolitik pufakchalar rivojlanishining molekulyar genetik-mexanizmlari va tashxislash usullarini takomillashtirish”;
- Tayanch doktorant Abduqodirova Y.SH. “O‘choqli alopetsiyaning klinik-genetik va mikologik tavsifi hamda uni patogenetik davolash usullari”;
- Tayanch doktorant Koylibayeva G.B. “Pufakchalarning klinik-immunologik jihatlari, sitokinlarning roli va davolashda zamonaviy yondashuvlar”;
- Tayanch doktorant Jafarov X.M. “Bolalarda atopik dermatitning klinik-genetik tavsifi va sirtqi terapiyaning optimizatsiyasi”;
- Mustaqil izlanuvchi Zokirov B.X. “Chin ekzemalarni klinik-genetik va immunologik tavsifi hamda ularni patogenetik davolash usullarini ishlab chiqish”;
- Mustaqil izlanuvchi Yesionova Y.V. “Atopik dermatitga chalingan bemorlarda mikogen sensibilizatsiyaning klinik-immunologik tavsifi”.
Bo‘limning ilmiy-tadqiqotga oid faoliyati organizmning molekulyar-genetik, immunologik, mikrobiologik, biokimyoviy va gistomorfologik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda allergik teri kasalliklari (atopik dermatit, eshakyemi), disxromiya (vitiligo), tizimli kasalliklar (pufakcha, sklerodermiya), terining limfoproliferativ kasalliklari (teri limfomasi), psoriaz, husnbuzar va boshqalarni tashxislash, davolashni takomillashtirish hamda yangi usullarini ishlab chiqishga qaratilgan. Molekulyar-genetik tadqiqotlar asosida allergik teri kasalliklarining og‘ir shakllarini rivojlanishini prognozlash usullari ishlab chiqildi. Xususan, O‘zbekistonda GSTP 1 genining IIe 105 Val polimorfizmining G alleli va getero/gomozigotali genotiplarining teri allergik kasalliklari rivojlanishidagi o‘rni aniqlandi. Allergik teri kasalliklarining surunkaliligi va takrorlanishida mikroorganizmlarning, xususan, shartli patogen mikroorganizmlar Staphylococcus spp.ning kontaminatsiyasiga katta ahamiyat beriladi.
Atopik dermatitni davolashning yangi usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, mahalliy preparat – immunokorreksiyalovchi va detoksikatsiya xususiyatlariga ega ferrokamedni tayinlash bilan tavsiflanadi.
Bo‘limda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida vitiligoni davolashda uning rivojlanishi nazariyasi va individual patogenetik yondashuvi ishlab chiqildi. Teri va shilliq qavatlarning mikotik zararlanishining invaziv va allergik shakllarini klinik-immunologik xususiyatlari o‘rganildi. Surunkali teri kasalliklarining (neyrodermatozlar, ekzema, psoriaz, husnbuzar, atopik dermatit) klinik kechishida mikogen sensibilizatsiyaning roli aniqlandi hamda teri kasalliklariga chalingan bemorlarda mikogen sensibilizatsiyaning invaziv va allergik shakllarini tashxislash va davolash usullarining algoritmi ishlab chiqildi. Organizmning biokimyoviy, mikrobiologik va immunologik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda husnbuzar kasalligini davolashning optimal usullari ishlab chiqildi. Organizmning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda psoriazni davolash usuli ishlab chiqildi. Organizmning klinik-morfologik, immunologik va biokimyoviy jihatlari, ayniqsa pufakchalari bor bemorlarda mikroelementlarning xususiyatlari o‘rganildi hamda patogenetik davolash usullari ishlab chiqildi. Atopik dermatitning shakllanishi va klinik kechishida bakterial sensibilizatsiyaning roli aniqlanib, optimal davolash usullari ishlab chiqildi. Atopik dermatitga chalingan bemorlarda kasallikning klinik kechishi va teridagi mikrobiologik holatni hisobga olib, sitokinli status va IgG subsinflarini o‘rganish asosida kasallikning og‘irlik darajasini tashxislashning hamda mahalliy “Gemalin” preparatini qo‘llab patogenetik terapiyaning yangi usullari ishlab chiqildi. Atopik dermatit patogenezining immunogenetik jihatlari o‘rganildi va kasallikning klinik kechishini oldindan baholash algoritmlari ishlab chiqildi. Immuniteti zaif bemorlarda (leykozlar, pufakchalar, teri limfomasi) og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining mikozli zararlanishlarini invaziv shakllarini davolash usullari ishlab chiqildi. Teri hosilalaridagi yaxshi sifatli o‘smalar patogenezining immuno-biokimyoviy jihatlari o‘rganilib, kompleks davolash usullari ishlab chiqildi.
SSV-F-003 “Allergodermatozlarga chalingan bemorlarda opportunistik infeksiyalar shakllanishining molekulyar-genetik va biokimyoviy mexanizmlarini tadqiq qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish asosida yangi davolash usullarini ishlab chiqish” nomli muassasalararo fundamental granti va PZ-20170922154 “Allergodermatozlarda sirtqi davolash uchun O‘zbekistondagi tabiiy xom ashyo asosida tayyorlangan yangi dori vositalarini ishlab chiqish” nomli amaliy granti doirasida O‘zR SSV Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy markazida Toshkent viloyatining turli konlaridan olingan tabiiy kelib chiqishga ega kremniyli eritmalarning energetik, yallig‘lanishga qarshi va antimikrob xususiyatlarini tadqiq qilish orqali dori vositalarining terapevtik samaradorligini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha geokimyoviy, eksperimental va klinik tadqiqotlar o‘tkazildi.
Klinik-mikrobiologik va mikologik tadqiqotlar asosida sensibilizatsiyani hisobga olgan holda allergik teri kasalliklarining klinik tasniflash tizimi ishlab chiqildi (Mavlyanova Sh.Z., Sobirov U.Y., 2020 y).
Dermatologik amaliyotda birinchi marta qon zardobida gamma-globulin miqdorini baholash asosida allergik teri kasalliklarini alternativ tashxislash usullari ishlab chiqildi. Shuningdek, tabiiy kremniyli suv, “Fatiderm” qatoridagi namlantiruvchi kremlar, balchiq va mineral niqoblarni qo‘llab teri kasalliklarini innovatsion davolash usullari joriy etildi. Bundan tashqari, tabiiy O‘zbekiston resurslaridan foydalangan holda kremniyli suvlar bilan balchiqli va mineral niqoblardan foydalanilib peloidoterapiya kabi innovatsion davolash usullari ishlab chiqildi.
Vitiligoga chalingan bemorlarning qoni va terisidagi biokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rganilib, tadqiqotdan olingan natijalar asosida O‘zR FA Biokimyo Instituti bilan hamkorlikda vitiligoni patogenetik davolash uchun mo‘ljallangan “Lipovitillin” dori vositasi ishlab chiqildi.
Bo‘lim xodimlari tomonidan eshakyemiga chalingan bemorlarning qon zardobida oqsil fraksiyasi, xususan, gamma-globulin konsentratsiyasining ahamiyati aniqlanib, ushbu kasallikda organizmning allergologik statusini aniqlash bo‘yicha yangi biokimyoviy laborator tashxislash usuli ishlab chiqildi. Ushbu usul eshakyemining og‘ir shakllarini erta tashxislash va etiopatogenetik davolash taktikasini belgilashga yordam beradi.
GSTP1 ikkinchi davrining ksenobiotiklar fermentlari genining IIe 105 Val polimorfizmining molekulyar-genetik tahlilini hisobga olgan holda allergodermatozlarning og‘ir shakllarini rivojlanish xavfini oldindan baholash usuli ishlab chiqildi.
Amaliy dermatologiyada allergodermatozga chalingan bemorlarni davolashda o‘z ichiga mahalliy Suksinasol preparatini olgan patogenetik dezintoksikatsion terapiya usuli ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Bu usul organizmda 65,6% hollarda endogen intoksikatsiya darajasini pasaytiradi va terapevtik samaradorlikni oshiradi.
Amaliy dermatologiyada organizmning klinik-mikrobiologik va immunologik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda fizioterapevtik muolaja – QVLN-terapiya (Qonni vena ichida lazerli nurlantirish) bilan kombinatsiyada III avlod antigistamin preparati dezloratadin va antileykotriyen preparat – montelukasni qo‘llashdan iborat bo‘lgan eshakyemini kompleks davolash usuli ishlab chiqildi va joriy etildi. Bu esa terapevtik samaradorlikni 77,5% hollarda oshishiga olib keldi.
Bo‘limning ilmiy faoliyati natijalariga ko‘ra 6 ta doktorlik dissertatsiyasi (T.T. Tojibayev, S.S. Orifov, Sh.Z. Mavlyanova, B.T. Soatov, G.SH. G‘ulomova, J.B. Mullaxonov), 42 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan, 17 ta monografiya, 86 ta uslubiy tavsiyalar, 21 ta ixtiro va yana 920 dan ortiq maqola va tezislar chop yetilgan.
Dermatologiya bo‘limi ilmiy xodimlari O‘zbekistonda va chet ellarda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda, dermatovenerologlar va boshqa mutaxassislarning kongresslarida o‘zlarining ma’ruzalari va nashrlari bilan faol ishtirok yetib kelmoqdalar.
Ushbu xodimlar teri va teri osti kletchatkasi kasalliklarini tashxislash va davolashning dolzarb masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan seminarlar o‘tkazish uchun xizmat safarlariga chiqadilar hamda doimiy ravishda tashkiliy-uslubiy yordamni ko‘rsatadilar. Dermatologiya bo‘limida “Dermatovenerologiya” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar, tayanch doktorantlar va klinik ordinatorlar o‘qitiladi, shuningdek dermatovenerolog shifokorlarning malakasi oshiriladi.
Mavlyanova Shaxnoza Zokirovna 1986 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1986-1988 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dermatologiya va Venerologiya ilmiy-tadqiqot institutida “dermatovenerologiya” mutaxassisligi bo‘yicha internaturani o‘tagan. 1988 yildan 1990 yilgacha O‘zR SSV DvaVITI konsultativ poliklinikasida shifokor bo‘lib ishlagan, 1990 yildan mikologiya bo‘limiga kichik ilmiy xodim lavozimiga o‘tkazilgan. U 1994 yilda “Rang-barang temiratkisi bo‘lgan bemorlarda endokrin buzilishlarning klinik-immunologik tavsiflari va ayrim jihatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1997 yilda 14.00.11 – teri va tanosil kasalliklari mutaxassisligi bo‘yicha katta ilmiy xodim ilmiy unvonini oldi. 2000 yildan hozirgi kungacha O‘zR SSV RIDVvaKIATMning dermatologiya bo‘limi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. 2004 yilda “Teri va shilliq qavatlarning mikotik shikastlanishining klinik-immunologik tavsifi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2005 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 14.00.11 – shifrli dermatologiya va venerologiya ixtisosligi bo‘yicha Tibbiy-terapevtik ekspertlar kengashinig ilmiy kotibasi va O‘zR OAKning eksperti lavozimida ishlab kelmoqda.
Sh.Z. Mavlyanova O‘zR SSV RIDVvaKIATM Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Toshkent sh. va Toshkent viloyati Dermatovenerologlar jamiyati raisining o‘rinbosari, RIDVvaKIATM muammolar komissiyasi raisining o‘rinbosari, O‘zR SSV RIDVvaKIATM Ilmiy Kengashi a’zosi, O‘zbekiston Dermatovenerologlar Assotsiatsiyasi, Yevropa Dermatovenerologlar Akademiyasi va Dermatologlar xalqaro jamiyati (ISD) (AQSH) a’zosi, “Dermatovenerologiya va estetik tibbiyot” ilmiy-amaliy jurnali tahririyat hay’ati a’zosi, “Dermatovenerologiya va kosmetologiya” ilmiy-amaliy jurnali (Belarusiya Respublikasi) tahririyat hay’ati a’zosi hamda “Dermatologiya” mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshirish kursi treneri hisoblanadi.
Uning rahbarligi davrida bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ko‘magida yosh olimlarning 2 ta innovatsion, 1 ta fundamental, 2 ta amaliy granti, shuningdek, O‘zbekiston Dermatovenerologlar Assotsiatsiyasining 3 ta granti amalga oshirilgan. Ilmiy faoliyati davomida professor Sh.Z. Mavlyanova 300 dan ortiq ilmiy ish, jumladan ixtiro uchn 14 ta patent va 4 ta foydali model, 22 ta uslubiy tavsiyalar va 10 ta monografiyaga mualliflik qilgan.
O‘zining xususiy tadqiqotlari, klinik kuzatishlari va ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlar asosida Sh.Z. Mavlyanova teri va teri osti kletchatkasi kasalliklarini davolash standartlari va klinik bayonnomalariga bir qator takliflar kiritdi.
SH.Z. Mavlyanova ixtisoslashtirilgan, jumladan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish masalalari bo‘yicha, muhim hujjatlarni ishlab chiqishda, informatsion, analitik va tashkiliy materiallarni tayyorlashda ishtirok etgan.
SH.Z. Mavlyanova atopik dermatitni davolashning yangicha usullari, husnbuzar, atopik dermatit va eshakyemini og‘irlik darajasini tashxislash usullarini ishlab chiqqan.
Mavlyanova Sh.Z ko‘rsatgan usullar bo‘yicha quyidagi ixtirolarga patentlar olindi:
✔️Rang-barang temiratkilarni davolash usullari; Rasmiy axborotnoma (11) 3341;
✔️ Rang-barang temiratkilarni davolash usullari; (ikkinchi marta qaytarilibdi) Rasmiy axborotnoma (11) 4110;
✔️Mikotik infeksiyalar va mikogen sensibilizatsiyaning tashxislash usuli;
✔️Mikogen sensibilizatsiyani davolash yo‘li;
✔️Atopik dermatitni davolash yo‘li;
✔️Atopik dermatitni og‘irlik darajasini tashxislash usuli;
✔️Ichak disbiozi bo‘lgan bemorlarda husnbuzarni og‘irlik darajasini prognozlash usuli;
✔️ Teri allergik kasalliklarini tashxislash yo‘li;
✔️ Vitiligoni davolash yo‘li;
✔️ Teri allergik kasalliklarining klinik kechishini prognozlash yo‘li;
✔️ Teri allergik kasalliklarining og‘irlik darajasini prognozlash yo‘li.
Uning rahbarligi ostida 7 ta nomzodlik (PhD) va 3 ta doktorlik (DSc) dissertatsiyasi yoqlangan, u hozirgi vaqtda 6 ta dissertatsiya ishiga ilmiy maslahatchilik va rahbarlik qilmoqda.
Mukofotlar va e’tiroflar:
🏅Mavlyanova Sh.Z. 2012 yil – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i bilan “Vijdonli mehnati uchun” Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan;
🏅2017 yilda – “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” nishonini olgan.
🏅2020 yilda – t.f.d. Sh.Z.Mavlyanova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi qarori bilan professor ilmiy unvoniga loyiq deb topildi.
2019-2020 yillarda professor Sh.Z. Mavlyanova tabiiy faollashtirilgan kremniyli elementlar asosida “Fatiderm” qatoridagi (namlantiruvchi “Fatiderm”, “Disderm”, “Fatisalik” kremlari, “Fatiderm” toniki, “Fatiderm-M”,“Fatigrin” balchiqli va mineral niqoblari) o‘zbek dermatologik dori vositalarini ishlab chiqdi va teri kasalliklari bo‘lgan bemorlarda sirtqi davolash sifatida innovatsion usul bilan klinik dermatologik amaliyotga joriy qildi. Farmakologiya tibbiyot instituti olimlari bilan birgalikda immunosorbsiyalovchi, antioksidant va allergiyaga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan “Fatifiltrum” nomli biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqildi. 2021 yilda klinik-mikrobiologik va eksperimental tadqiqotlar asosida nanotexnologiya usulida kremniyli elementlar bilan singdirilgan “Dermadess” dermatologik ichki kiyimini ishlab chiqdi.
Xalqaro faoliyat
Professor Sh.Z. Mavlyanova chet ellarda (Italiya, Rossiya, Latviya, Qozog‘iston, Ispaniya, AQSH, Gretsiya, BAA, Avstriya, Chexiya, Shveytsariya, Janubiy Koreya va b.) va O‘zbekistonda o‘tkazilgan turli xil forumlar, xalqaro kongresslar va konferensiyalarda ishtirok etgan hamda ma’ruzalar qilgan.
SH.Z. Mavlyanova Respublika miqyosida viloyatlarda dermatovenerologiya sohasi bo‘yicha amaliy va uslubiy ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishda faol ishtirok etadi.

