Lazer terapiyasi (LT, past intensivli lazer terapiyasi, lazeroterapiya) — past energiyali lazer nurlanishidan foydalanadigan fizioterapevtik yorug‘lik bilan davolash usuli. Muolaja modda almashinuvi jarayonlarini yaxshilaydi, og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, immunitetni oshiradi, shishni kamaytiradi.
Lazeroterapiyaning afzalliklari:
-
Boshqa davolash usullari bilan uyg‘unligi: dori vositalari soni va dozasini, shuningdek, davolash muddatini qisqartirish imkonini beradi.
-
Nojo‘ya ta’sirlarning yo‘qligi.
-
Og‘riqsiz bajarilishi.
-
Profilaktik maqsadlarda qo‘llash imkoniyati.
Lazer terapiyaga ko‘rsatmalar:
-
Akne;
-
Ekzema;
-
Gerpes;
-
Dermatozlar;
-
Keloid chandiqlar;
-
Furunkulyoz;
-
Dermatит;
-
Alopetsiya (soch to‘kilishi).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
-
Bemorning umumiy og‘ir ahvoli;
-
Yiringli-yallig‘lanish jarayonlari;
-
Qon kasalliklari;
-
Ruhiy kasalliklar;
-
Tireotoksikoz;
-
Tutqanoq;
-
Faol bosqichdagi sil kasalligi;
-
Isitma;
-
Yovuz (o‘sma) o‘smalar.
Lazeroterapiyani bemorga shifokor yoki fizioterapevt belgilaydi. Bitta muolaja yetarli emas, kurs talab etiladi. Seanslar soni kasallikka, uning bosqichiga va umumiy sog‘liq holatiga bog‘liq. O‘rtacha kurs 3—15 kunlik kunlik muolajalardan iborat bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, bir necha oydan so‘ng kursni takrorlash mumkin.


