Bioptron — bu statsionar yorug‘lik bilan davolash apparati bo‘lib, u xususiyatlari jihatidan quyosh nuriga o‘xshash to‘lqinlarni chiqaradi.
“Bioptron” asbobi tabiiy quyosh spektrining barcha foydali xususiyatlariga ega bo‘lgan, ammo zararli ultrabinafsha nurlaridan butunlay xoli bo‘lgan maxsus turdagi nur hosil qiladi.
Fotoprotsedura:
- asab uchlarini rag‘batlantiradi,
- immunitetni oshiradi,
- to‘qimalarning regeneratsiyasiga yordam beradi.
Metod qo‘llaniladi:
- shamollashlarda,
- tonzillitlarda,
- chuqur tirnalish va kesiklarda,
- allergik dermatitlarda,
- trofik yara holatlarida,
- husnbuzar toshmalarida,
- otitlarda,
- nevralgiyada.

