Bir vaqtning o‘zida ozish va tanani chiniqtirish mumkinmi? Olimpiya chempionlaridan ham kuchliroq mushak faolligiga erishish, bir oy ichida Gollivud yulduzlari kabi tana shakliga ega bo‘lish — va bularning barchasi hech qanday kuch sarflamasdan?
EMSCULPT innovatsion texnologiyasi bilan bu endi haqiqatga aylanishi mumkin. Atigi 4 ta muolaja orqali.

EMSCULPT tanani ingichka va tarang holga keltirishga, konturlarni aniqlashtirishga hamda mushaklar ostidagi yog‘ qatlamlarini kamaytirishga yordam beradi. Jarayon davomida mushaklar faollashadi. Muolajaning yana bir afzalligi – reabilitatsiya (tiklanish) davri va og‘riqsizlantirish (anesteziya) kerak emas. Bu usul fiziologik jihatdan xavfsiz.
Metodikaning asosi – HIFEM (yuqori intensivlikdagi fokuslangan elektromagnit stimulyatsiya) texnologiyasidir. Ushbu usul yordamida bir seansda mushaklarda 20 000 ga yaqin ixtiyorsiz qisqarish sodir bo‘ladi. Bunday yuklamani oddiy mashg‘ulotlar orqali, hatto professional sportchilar ham bera olmaydi.
Mushaklar bunday yuklamaga javoban yangi tolalarni sintez qila boshlaydi. Ular o‘sish uchun energiyani yog‘ hujayralarining parchalanishidan oladi. Bu esa mushak stimulyatsiyasi bilan bir vaqtda sodir bo‘ladi. Natijada tana konturi o‘zgaradi, mushaklar ohangi (tonusi) ortadi, teri taranglashadi va organizm chuqur darajada qayta shakllanadi.
Birgina muolaja orqali quyidagi natijalarga erishiladi: mushaklarni shakllantirish, terini tortish, ozish. Metodikaning asosida mushaklarning tabiiy ishlash prinsipi yotadi – mushak massasining ortishi mashg‘ulotlardagidek yuz beradi, lekin bu yerda ta’sir ancha kuchli va yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Qo‘llashga ko‘rsatmalar:
-
qo‘l, oyoq, son, qorin va dumbalardagi bo‘shashgan teri
-
sellulit
-
mushak ohangini tiklash zarurati (masalan, tug‘ruqdan so‘ng)
-
shishlar
-
tana konturini umuman yaxshilash ehtiyoji
-
qattiq (eritilishi qiyin) yog‘ to‘planmalari
Qarshi ko‘rsatmalar:
-
yurak stimulyatori, defibrillyator, neyrostimulyator va shunga o‘xshash implantlar mavjudligi
-
elektron yoki metall implantlar, dori pompasi va boshqalar
-
yurak-qon tomir kasalliklari
-
tizimli kasalliklar (saxarli diabet, gipertoniya, autoimmun kasalliklar)ning og‘ir bosqichi
-
o‘tkir yuqumli kasalliklar (gripp, O‘RVI, gerpes va h.k.)
-
antibiotiklar yoki antikoagulyantlar (qon suyultiruvchilar)ni qabul qilish
-
homiladorlik va emizish davri
-
hayz davrining ilk kunlari (jarayonni o‘tkazish tavsiya etilmaydi)
-
onkologik kasalliklar
-
yaqinda o‘tkazilgan operatsiyalar
-
epilepsiya
-
yurak-qon tomir kasalliklari
EMSCULPT seansi qanday o‘tadi:
-
Muolaja mutaxassis kabinetida, yotgan holatda qulay tarzda amalga oshiriladi.
-
Har bir seans taxminan 30 daqiqa davom etadi. Seanslar orasidagi tanaffus – bir necha kun.
-
Kurs davomiyligi har bir bemorga individual tarzda, anamnezga qarab belgilanadi.
-
Qurilma ta’sir qiladigan soha ochiq bo‘lishi kerak (ya’ni kiyimsiz bo‘lishi kerak) va tanadagi barcha metall buyumlar (sirg‘a, uzuk, soat va h.k.) olib tashlanadi.
-
Shifokor maxsus aplikatorlarni teriga o‘rnatadi va belbog‘ yordamida mahkamlaydi.
-
Keyin kerakli parametrlar belgilanadi va ta’sir intensivligi bosqichma-bosqich oshiriladi.
-
Jarayon bemor uchun qulay darajada o‘tadi, shu bilan birga mushak qisqarishlari kuchli, bir maromda va tez-tez bo‘lishi kerak.
-
Har bir odamda noqulaylik sezuvchanligi har xil bo‘lganligi sababli, mutaxassis muolaja davomida intensivlikni moslashtirib boradi.
-
Jarayon tugagach, mushaklarda engil charchoq sezilishi mumkin.

