Karboksiterapiya — bu epidermisni yoshartirishning innovatsion usuli bo‘lib, uning asosi karbonat angidrid (CO₂) xususiyatlariga tayangan.

Ushbu usulning mohiyati — organizmga karbonat angidrid gazini yuborish orqali moddalar almashinuvi va qon aylanishini faollashtirish, natijada qarish jarayoni sekinlashadi.

Karboksiterapiyaning ikki turi mavjud:

  1. Inyeksion usul – maxsus yupqa ignali shprits yoki diffuzion pistolyet yordamida dori teri ostiga yuboriladi.

  2. Noinvaziv (ukolsiz) usul – teriga hech qanday igna kiritilmaydi. Karbonat angidrid (CO₂) gazi saqlovchi gel yoki niqob tozalangan yuzga surtiladi va u teriga transdermal usulda ta’sir qiladi.

Karboksiterapiyaning asosiy afzalliklari:

  • Keloid chandiqlar, izlar va cho‘zilishlarni ko‘rinishini kamaytiradi;

  • Pigment dog‘larini oqartiradi va kamroq sezilarli qiladi;

  • Mimika ajinlarini tekislaydi;

  • Shishlarni kamaytiradi va ko‘z osti qora doiralarini yo‘qotadi;

  • Teri to‘qimalarini kislorod bilan to‘yintirib, yuz rangini yaxshilaydi;

  • Yuz ovalini tiklaydi, aniqroq ko‘rinishga keltiradi;

  • Yuzdagi toshmalar va komedonlardan (qora nuqtalardan) xalos bo‘lishga yordam beradi;

  • Yog‘ bezlarining ish faoliyatini normallashtiradi;

  • Teri hujayralarida to‘plangan chiqindilarni tezroq chiqarishga yordam beradi;

  • Yallig‘lanishni kamaytiradi.

Bioplazma – bu teri parvarishida eng innovatsion yondashuvlardan biri bo‘lib, uni Isroilning GiGi kompaniyasi taqdim etadi. Bioplazma protsedurasi bir vaqtning o‘zida bir nechta muammolarni hal qiladi: terini chuqur tozalaydi, namlaydi, giperpigmentatsiya, rozatseya (yonoq va burun sohasidagi qizarish), kuperoz (kapillyarlarning kengayishi) kabi muammolarga qarshi kurashadi.

Preparatlar terining chuqur qatlamlariga kirib, hujayra darajasida ta’sir ko‘rsatadi. Bioplazma tabiiy tarkibga ega bo‘lib, bu sizga sog‘lig‘ingizni, yoshlikni, go‘zallikni va terining yorqinligini saqlashga yordam beradi.

Alohida ta’kidlash kerakki, Bioplasma liniyasidagi barcha mahsulotlar homilador ayollar uchun ham xavfsiz, chunki ular 100% tabiiy tarkibga ega.

Gigi Bioplasma preparatlari quyidagi muammolardan xalos bo‘lishga yordam beradi:

  • ajinlarning paydo bo‘lishi;

  • kengaygan teshiklar (poralar);

  • quruqlik va qo‘pol teri;

  • pigment dog‘lari va notekis teri rangi;

  • namlik yetishmasligi va natijada yuzaga kelgan terining so‘lishi;

  • terining bo‘shashishi (elastiklikning kamayishi).

Tavsiya etilgan kurs:

Haftasiga 1 marta, jami 5–6 protsedura.