Dermatomikozlar — bu patogen zamburug‘lar sabab bo‘ladigan teri va uning qo‘shimchalarining yuqumli zararlanishidir.
Patologik o‘zgarishlar tekis yuzalarda, burmalarda, qo‘llarda, oyoqlarda va bosh terisida kuzatiladi.
Sochni qirqish yoki olish orqali faqat teri ustidagi qismi yo‘qoladi, biroq soch follikulida soch qoldiqlari bilan birga zamburug‘lar ham qoladi. Barcha sochlarni butunlay yo‘qotish uchun mexanik soch olish (epilyatsiya) talab etiladi va bu tiklanish jarayonini tezlashtiradi. Agar teri qavatida sporali zamburug‘ qolsa, kasallik qaytalanadi.
Zamburug‘li kasalliklarda zararlangan sochlarni qo‘lda olib tashlash bo‘yicha ko‘rsatma:
-
Kerakli asboblarni tayyorlash. Ingichka steril igna (agar soch chuqur kirib ketgan bo‘lsa) va manikyur pinseti kerak bo‘ladi. Jarayonni boshlashdan oldin asboblarni tibbiy spirt yoki antiseptik (masalan, xlorheksidin) bilan tozalash zarur.
-
Terni yumshatish. Dushda terini yumshatib, teshikchalar (poralar) maksimal kengayishiga erishish kerak. Skrab yordamida o‘lik teri qatlamidan xalos bo‘linadi.
-
Soch o‘sayotgan joyni antiseptik bilan tozalash. Spirt yoki antiseptik ishlatiladi.
-
Soch uchini topish. Ignadan foydalanib, soch uchini ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib chiqarish va asta-sekin tashqariga tortish. Tashqariga chiqqan soch pinset bilan ushlanib, ildizi bilan sug‘urib olinadi. Muhimi, soch sinib qolmasligi va butunlay chiqarib tashlanishi. Aks holda u yana ichkariga o‘sadi.
-
Terni davolash. Jarayondan so‘ng teriga antiseptik yoki yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan spirtli calendula nastoykasi surtiladi.

