«Dermatovenereologiya» mutaxassisligi bo‘yicha shifokorlarning malakasini oshirishning qo‘shimcha professional dasturining dolzarbligi shifokor-dermatovenereologlarning kasbiy kompetentsiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish zaruratidan kelib chiqadi, xususan, «Dermatovenereologiya» profili bo‘yicha bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish masalalarida.
2009 yil 18 dekabrdagi Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qaroriga muvofiq, fuqarolarning malakali tibbiy yordam olish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash va bemorning ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish maqsadida, tibbiyot xodimlari (shifokorlar, farmatsevtlar, o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika xodimlari) o‘z malakasini va professional darajasini tizimli ravishda oshirishlari shart.
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy dermatovenereologiya va kosmetologiya markazida shifokor-laborantlar va laborantlar uchun laboratoriya yo‘nalishidagi kasbiy malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.

