“Dermatovenereologiya” mutaxassisligi bo‘yicha shifokorlarning malakasini oshirishning qo‘shimcha professional dasturining dolzarbligi shifokorlarning dermatovenereologiya profili bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarini doimiy takomillashtirish zaruratidan kelib chiqadi.
2009 yil 18 dekabrda Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori bilan fuqarolarning malakali tibbiy yordam olish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, shuningdek, bemorning ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish maqsadida tibbiyot xodimlari (shifokorlar, farmatsevtlar, o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika xodimlari) o‘z malakasini va professional darajasini tizimli ravishda oshirish majburiyatlari belgilandi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy dermatovenereologiya va kosmetologiya markazida dermatovenereologiya va dermatokosmetologiya sohalarida shifokorlar — dermatovenereologlar va dermatokosmetologlar uchun umumiy hamda tematik kasbiy malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.”

