Kariesni davolash va tishlarni restavratsiya qilish
Karies — bu tishlarning yuqumli kasalligi bo‘lib, tish qattiq to‘qimalarining zararlanishi va teshilishiga olib keladi.
Davolash jarayoni:
-
Anesteziya (og‘riqsiz qilish uchun)
-
Rentgen tekshiruvi (kasallik darajasini aniqlash uchun)
-
Zararlangan joylarni tozalash va nekrotik to‘qimalarni olib tashlash
-
Tishni himoya qilish uchun maxsus dori vositalarini qo‘llash
-
Kompozit plomba bilan tishni tiklash (restavratsiya)
Ko‘rsatmalar:
-
Karies mavjudligi
-
Tish qismidagi sinish yoki defektlar
-
Tishning rangsizlanishi yoki pigmentatsiyasi
-
Estetik yoki funksional muammolar
Qarshi ko‘rsatmalar:
-
Preparatlarga allergiya mavjudligi
Davolash natijasida tish sog‘lom holatga qaytadi, funksiyasi tiklanadi va ko‘rinishi yaxshilanadi.

