Periodontit — bu tish atrofi to‘qimalarining (periodont) yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, u tish va jag‘ suyagi orasidagi bog‘lanishni o‘z ichiga oladi.
Belgilari:
- Kuchli tish og‘rig‘i. Bemor qaysi tish og‘riyotganini aniqlay olmaydi. Og‘riq boshida biroz yengil, doimiy bo‘lsa, keyinchalik keskin, pulsatsiyalanuvchi va kuchayuvchi bo‘ladi.
- Ovqat chaynashda noqulaylik va og‘riq. Hatto yallig‘langan joyga tegilsa ham og‘riq seziladi.
- «Tish o‘sib ketgan» kabi his qilish. Ko‘pchilik bemorlar shikastlangan tish boshqalardan kattaroq yoki balandroq bo‘lib, qarama-qarshi jag‘ bilan birinchi tegishayotganini his qiladi.
- Kariesning keng tarqalgan shakli va pulpitisni davolash.
- Yumshoq to‘qimalarning shishishi. Yallig‘langan suyuqlik yallig‘lanish maydonidan chiqsa yuzaga keladi.
- Sinus yoki fistula ochilishi. Periodontit surunkali holatdan o‘tkanda, tish ildiziga yaqin joyda yallig‘langan tish go‘shtida paydo bo‘ladi.
- Yallig‘langan tish haroratga yoki achchiq-shirin ta’mga reaksiyani yo‘qotishi yoki zaiflashishi.
- Tishning bo‘shashishi.
Xizmatga quyidagilar kiradi:
- Sekretning chiqarilishi (ottok)
- Tish ildiz kanallarining vaqtinchalik antiseptik plombasi
- Tish ildiz kanallarini plombalash
- Rentgen tekshiruvi (nazorat uchun)
- Zararlangan tishni tiklash (restavratsiya)
Qarshi ko‘rsatmalar:
- Ishlatiladigan dorilarga allergiya
Jarayon texnikasi:
- Nekroektomiya (tishning nekrotik to‘qimalarini olib tashlash)
- Pusni chiqarish uchun ottok qilish
- Tish ildiz kanallarini vaqtinchalik antiseptik preparatlar bilan plombalash
- Tish ildiz kanallarining dori va mexanik tozaligi
- Ildiz kanallarini plombalash
- Kompozit plombalar bilan tishning restavratsiyasi

