Tirnoq plastinalarining korreksiyasi – bu tirnoq o‘sishidagi nosozliklarni, deformatsiyalarni va tirnoq atrofidagi yumshoq to‘qimalardagi muammolarni jarrohliksiz yoki minimal invaziv usullar bilan tuzatishdir. Ushbu jarayon oyoq va qo‘l tirnoqlarining sog‘lom va to‘g‘ri o‘sishini ta’minlashga qaratilgan.
Korrektsiya usullari va vositalari:
-
To‘g‘rilovchi plastinalar (BS-plastinalar)
Tirnoq chetining tirnash hosil qiluvchi bosimini kamaytiradi, og‘riq va yallig‘lanishni kamaytiradi, tirnoqning to‘g‘ri o‘sishini rag‘batlantiradi. -
Titan ip
Elastik titan-nikel qotishmasidan tayyorlangan ip tirnoq o‘sishini yo‘naltiradi, bosimni kamaytiradi va tirnoq deformatsiyalarini oldini oladi. -
Podofiks plastinasi
Yopishtiruvchi asosdagi skoba, tirnoq o‘sib chiqishini jarrohliksiz tuzatadi, tirnoqni tekislaydi va tirnoq atrofidagi gipergranulyatsiyani kamaytiradi. -
Onyfix
Kompozit smola yordamida tirnoq deformatsiyalarini tuzatish, tirnoqni tekislash va uning sog‘lom o‘sishini ta’minlash. -
3-TO tizimi
Xrom-nikel qotishmasidan tayyorlangan murakkab skoba tizimi, tirnoq o‘sib chiqishi muammolarini har qanday bosqichda samarali korreksiya qiladi.
Qanday vazifalarni hal qiladi?
-
Vrosshiy (o‘sib chiqayotgan) tirnoqlarni tuzatish
-
Tirnoq deformatsiyalarini bartaraf etish
-
Tirnoq atrofidagi yumshoq to‘qimalardagi yallig‘lanishni kamaytirish
-
Tirnoq va tirnoq tagidagi chaqalar (mozol) muolajasi
-
Tirnoq o‘sishining to‘g‘ri yo‘nalishini ta’minlash
Afzalliklari:
-
Jarrohliksiz yoki minimal invaziv usullar
-
Noqulaylik va og‘riqsiz ta’sir
-
Tirnoq va oyoq sog‘lig‘ini yaxshilash
-
Uzun muddatli va barqaror natijalar
Kimlarga tavsiya etiladi?
-
Vrosshiy tirnoqlari bo‘lganlarga
-
Tirnoq deformatsiyalari yoki qalinlashgan tirnoqlari bor bemorlarga
-
Tirnoq atrofidagi yallig‘lanish va og‘riqdan aziyat chekayotganlarga
-
Oyoq sog‘lig‘ini muhofaza qilmoqchi bo‘lganlarga

