* bilan belgilangan joylar to'ldirilishi majburiy

    Alimova Sevara Muradovna
    Tibbiyot fanlari nomzodi (PhD), dermatovenerolog, kosmetolog
    Ish staji:
    16 лет
    Ixtisoslashtirish:
    Dermatovenerolog, kosmetolog. Lazer va in’yeksion kosmetologiya bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassis.
    Davolash profili:

    Dermatologik kasalliklar: ugrevaya kasallik, rozaçea, yaxshi sifatli teri o‘smalari, soch to‘kilishi, vitiligo, psoriaz, allergodermatozlar.

    Tomir muammolari: kuperoz, tomir yulduzchalari, teleangiektaziyalar.

    Pigment buzilishlari: tatuirovkalar, sepkillar, melazma, yallig‘lanishdan keyingi pigmentatsiyalar, quyosh lentiogosi, postakne pigmentatsiyasi, fotokeksayish.

    Chandiqlarni davolash: postakne chandiqlari, operatsiyadan keyingi, kuyishdan keyingi, kelloid chandiqlar.

    Yosartirish muolajalari: jarrohliksiz tortish, mikroignali radioto‘lqinli lifting — RF lifting, SMAS-lifting, EM FACE, yuz va tana terisini lazer yordamida yosartirish.

    Qomatni tuzatish: jarrohliksiz ortiqcha yog‘ to‘planishlarini CLATUU kriolipoliz usuli bilan bartaraf etish, EMSCULPT yordamida tana shakllantirish.

    In’yeksion kosmetologiya: mezoterapiya, biorevitalizatsiya, yuz kontur plastikasini tuzatish, lablarni kattalashtirish, ajinlarni bartaraf etish — botulinoterapiya, gipergidrozni davolash, polimolochnaya kislota va ekzosomalar yordamida terini yosartirish.

    Boshqa lazer muolajalari: lazer epilyatsiyasi, fraksion shlifovka.

    Kasbiy faoliyat:

    2009 y. – Toshkent Tibbiyot Akademiyasining davolash fakultetini tamomlagan.

    2009–2011 yy. – Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Teri va venerik kasalliklar” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturada tahsil olgan.

    2015 y. – “Davolash kosmetologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirgan.

    2019 y. – nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

    30 dan ortiq ilmiy ishlar, 1 ta uslubiy qo‘llanma va 2 ta patent muallifi.

    Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya va boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi.

    Instagram: @dr_kosmetolog_alimova