
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh leprologi. Professor Egamberdi Xusanovich MDH Xalqaro leprologlar assotsiatsiyasi a’zosi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining leprologiya sohasidagi eksperti hisoblanadi.
U respublikamizda nashr etiladigan yirik nashrlar – «Novosti dermatovenerologii i reproduktivnogo zdorovya», «Dermatovenerologiya i esteticheskaya meditsina» jurnallari hamda «Shifo–info» haftalik gazetasining tahrir hay’ati a’zosi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar bo‘yicha Birlashgan kengash a’zosi.
Olim, Deutshes Aussatziqen Hilfwerk (Germaniya) Assotsiatsiyasi granti sohibi. 2008 yil Haydarobod (Hindiston) shahrida bo‘lib o‘tgan 17-Xalqaro lepra kongressida yetakchi sifatida qatnashgan. Shuningdek, O‘zbekiston dermatovenerologlari tomonidan o‘tkazilgan III, IV, V, VI, VII, VIII va IX kongresslar delegati.
Hozirda «Teri kasalliklari epidemiologiyasini o‘rganish ilmiy laboratoriyasi» rahbari — Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy dermatovenerologiya va kosmetologiya tibbiyot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

