* bilan belgilangan joylar to'ldirilishi majburiy

    Fattahov Bobir Shavkatovich
    Dermatovenerolog-sifilidolog
    Ish staji:
    30 лет
    Ixtisoslashtirish:
    Davolash profili:
    Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infektsiyalar (sifilis, gonoreya va boshq.), erkaklarda tos organlarining yallig‘lanish kasalliklari, surunkali prostatitlar, erektsiya buzilishlari, erkaklar va ayollarda bepushtlik, barcha dermatologik kasalliklar
    Kasbiy faoliyat:

    1990–1996 yillar – 1-Toshkent Tibbiyot Institutining terapevtik fakultetida tahsil olgan.

    1996–1997 yillar – RIDV va KIATM bazasida internatura.

    1997–2000 yillar – Toshkent viloyat teri-venereologiya dispanseri epidemiologik guruhida vrach-dermatovenerolog.

    2000, 2003 yillar – Andijon Tibbiyot Institutida klinik limfologiya bo‘yicha o‘qish o‘tdi.

    2000–2009 yillar – IPP va RN muammolarini o‘rganish bo‘limida ilmiy xodim.

    2000–2019 yillar – IPP va RN muammolarini o‘rganish bo‘limi qo‘llanma granti ilmiy xodimi.

    2019–2023 yillar – RIDV va KIATM Tibbiy turizm va marketing bo‘limi boshlig‘i.

    2024 yildan hozirgi vaqtgacha – Respublika Maxsus Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi Dermatovenerologiya va Kosmetologiya MZ RUz umumiy klinik bo‘limida vrach-dermatovenerolog-sifilidolog.

    2020 yilda tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan.

    2019 yilda Rossiya Federatsiyasida, Moskva shahrida sifilisni diagnostika va davolashning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha stajirovka o‘tdi.

    Dermatovenerologiya va kosmetologiya bo‘yicha respublika va xalqaro konferensiyalarda og‘zaki ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.

    Klinik ordinatorlar va vrach-dermatovenerologlar bilan ta’lim dasturlari va diplomdan keyingi ta’lim bo‘yicha pedagogik faoliyat olib boradi.

    Toshkent viloyati hududi bo‘yicha dermatovenerologik xizmatning kuratori hisoblanadi.

    90 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shulardan 30 tasi xorijiy va yaqin davlatlarning ilmiy jurnallarida nashr etilgan. Shuningdek, 1 ta ixtiro patenti va 3 ta metodik tavsiyanoma muallifi.