* bilan belgilangan joylar to'ldirilishi majburiy

    Ibragimova Gulnara Rustamovna
    27 yillik ish tajribasiga ega oliy toifali bolalar va kattalar dermatovenerologi. RIDV va KIATM konsultativ poliklinikasi dermatovenerolog shifokori.
    Ish staji:
    28 лет
    Ixtisoslashtirish:
    Dermatovenerolog, pediatr, tibbiy psixolog
    Davolash profili:
    Bolalar va kattalarda uchraydigan allergodermatozlar, ekzema, rozatsea, vitiligo, psoriaz, pufakchali toshmalar (pemfigus), JYUYK (jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar), terining virusli kasalliklari.
    Kasbiy faoliyat:

    1991-1997 yillar — Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining pediatriya fakultetida tahsil olgan.

    1997-1998 yillar — O‘zNII Dermatologiya va Venerologiya institutida internaturada dermatovenerologiya bo‘yicha o‘qigan.

    1998-2017 yillar — RSNPMTsDVKda (Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi) OITS va reproduktiv buzilishlar bo‘limida dermatovenerolog shifokor bo‘lib ishlagan.

    2017 yildan hozirgi vaqtgacha Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi maslahat poliklinikasining klinik hodimi hisoblanadi.

    27 yillik faoliyati davomida 40 dan ortiq maqola yozgan, shulardan 7 tasi xorijiy tibbiy jurnallarda chop etilgan, shuningdek 70 dan ortiq tezis muallifi.

    2011 yilda ToshIUv dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasida «Tibbiy kosmetologiya» yo‘nalishi bo‘yicha stajirovka o‘tgan.

    2014 yilda ToshIUv akusherlik va ginekologiya kafedrasida «Kolposkopiya» mutaxassisligi bo‘yicha malakasini oshirgan.

    2015 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasida «Tibbiy psixologiya» yo‘nalishi bo‘yicha diplom olgan.