* bilan belgilangan joylar to'ldirilishi majburiy

    Maksudov Marufjon Rashidovich
    Ilmiy xodim, bakteriologiya laboratoriyasida vrach-bakteriolog
    Ish staji:
    26 лет
    Ixtisoslashtirish:
    Vrach bakteriolog
    Davolash profili:
    Teri va venereal kasalliklar hamda erkak bepushtligini diagnostikasi
    Kasbiy faoliyat:

    1993–1999 yillar – 2-Toshkent Tibbiyot Instituti talabasi.

    1999–2003 yillar – Dermatologiya va venerologiya Ilmiy-Tadqiqot Instituti tajriba laboratoriya bo‘limi katta laboratoranti.

    2003–2006 yillar – Tajriba dermatologiya, patomorfologiya va farmakoterapiya kafedrasi ilmiy xodimi.

    2006–2010 yillar – Uro-genital infektsiyalar va reproduktiv salomatlik bo‘limi ilmiy xodimi.

    2010–2012 yillar – K-11-004 grant loyihasi kichik ilmiy xodimi.

    2012–2015 yillar – Virusli infektsiyalarning murakkab va takrorlanuvchi shakllarini davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy guruhda ishladi.

    2015–2018 yillar – Allergik dermatiti bo‘lgan bemorlarda oportunistik infektsiyalarning molekulyar-genetik va biokimyoviy mexanizmlarini o‘rganish hamda tabiiy resurslar asosida yangi davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy guruh xodimi.

    2018 yildan hozirgi kungacha – Bakteriyologiya laboratoriyasi ilmiy xodimi va vrach-bakteriyolog. 120 dan ortiq ilmiy maqolalar, tezislar, 5 ta metodik qo‘llanma va bitta monografiya muallifi.