
Dermatologik kasalliklar: ugri kasallik, rozatsea, terining o‘smalari (yaxshi sifatli), soch to‘kilishi, vitiligo, psoriaz, allergodermatozlar.
Tomir muammolari: kuperoz, gemangioma, tomir yulduzchalari, teleangioektaziyalar.
Pigment buzilishlari: tatuirovkalar, sepkillar, melazma, yallig‘lanishdan keyingi pigmentatsiyalar, quyosh lentyegosi, postakne pigmentatsiya, fotokeksayish (fotostarenie).
Chandiqlarni davolash: postakne chandiqlari, operatsiyadan keyingi chandiqlar, kuyishdan qolgan chandiqlar, kelloid chandiqlar.
Yoshartiruvchi muolajalar: operatsiyasiz tortish (lifting), mikroignali radioto‘lqinli lifting — RF lifting, SMAS-lifting, EM FACE, yuz va tana terisini lazer bilan yoshartirish.
Tana tuzilishini korreksiyasi: ortiqcha yog‘ to‘planishlarini operatsiyasiz bartaraf etish — kriolipoliz CLATUU usuli, EMSCULPT yordamida tana shakllantirish.
Inyeksion kosmetologiya: mezoterapiya, biorevitalizatsiya, yuz kontur plastikasini tiklash, lablarni kattalashtirish, ajinlarni korreksiya qilish — botulinoterapiya, gipergidrozni davolash, polimolochnaya kislota va ekzosomalar preparatlari yordamida terini yoshartirish.
Boshqa lazer muolajalari: lazer epilyatsiya, fraksion shlifovka.
1999-2005 yy. – Toshkentning Birinchi tibbiyot instituti talabasi
2005-2006 yy. – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi
2006-2008 yy. – Toshkent vrachlarni takomillashtirish instituti klinik ordinatori
2010-2013 yy. – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi magistri
2013-2016 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dermatovenerologiya va kosmetologiya bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi aspiranti
2009-2019 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dermatovenerologiya va kosmetologiya bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi dermatologiya bo‘limi ilmiy xodimi
2018 yilda Toshkent vrachlarni takomillashtirish institutida tibbiy kosmetologiya ixtisosligi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tdi.
2019 yildan hozirgacha – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dermatovenerologiya va kosmetologiya bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi dermatokosmetologiya bo‘limi ilmiy xodimi
2019 yilda «Atopik dermatit rivojlanishi va kechishida ba’zi sitokin genlarining polimorfizmining klinik-prognostik ahamiyati» mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qildi.
2021-2022 yy. – dermatokosmetologiya muammolarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy laboratoriya rahbari va innovatsion grant rahbari bo‘ldi.
Muminova Sevara Rustamovna xorijda ilmiy-amaliy konferentsiyalarda faol ishtirokchi va spiker hisoblanadi. 2014-2015 yy. O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi yosh olimlar granti rahbari bo‘ldi. 2016 yilda Vena (Avstriya)da Evropa dermatologiya va venerologiya akademiyasi (EADV) tomonidan Imrich Sarkany nomidagi non-European stipendiyasini oldi. 2017 yilda O‘zbekiston dermatovenerologlar assotsiatsiyasi yosh olimlar tanlovi stipendiyanti bo‘ldi. 2019 yilda “Dubai Derma” xalqaro konferentsiyasida ma’ruza bilan qatnashdi va stipendiyanti bo‘ldi, shu yili Amerika-Avstriya tibbiy fondi seminarida ta’lim granti qo‘lga kiritdi (Zaltsburg, Avstriya). 2023 yil may oyida Candela Academy lazer dermatologiyasi amaliyot seminarida ishtirok etdi. 2023 yilda Singapurdagi Xalqaro dermatologiya kongressida (ICD-2023) ishtirok etish uchun grantga ega bo‘ldi.
Xalqaro dermatologlar jamiyati (ISD, AQSh) a’zosi.

