* bilan belgilangan joylar to'ldirilishi majburiy

    Nazarova Ilona Igorevna
    Ish staji:
    15 лет
    Ixtisoslashtirish:
    Dermatovenerolog, kosmetolog
    Davolash profili:

    Dermatologik kasalliklar: husnbuzar (ugre), rozatsea, terining yaxshi xulqli o‘smalari, soch to‘kilishi, vitiligo, psoriaz, allergik dermatozlar.

    Tomir muammolari: kuperoz, vino dog‘i, gemangioma, tomir yulduzchalari, teleangioektaziyalar.

    Pigment buzilishlari: tatuirovkalar, sepkillar, melazma, yallig‘lanishdan keyingi pigmentatsiyalar, quyosh lentigosi, postakne pigmentatsiyasi, fotokeksayish.

    Chandiqlarni davolash: postakne chandiqlari, operatsiyadan keyingi, kuyishdan keyingi, keloid chandiqlar.

    Yoshartirish muolajalari: jarrohliksiz tortish, mikroigna radioto‘lqinli lifting — RF lifting, SMAS-lifting, EM FACE, yuz va tana terisini lazer bilan yoshartirish.

    Tana shaklini korreksiyasi: jarrohliksiz ortiqcha yog‘ to‘planishini kriolipoliz CLATUU usuli bilan yo‘qotish, EMSCULPT yordamida tana haykaltaroshlik.

    Inyeksion kosmetologiya: mezoterapiya, biorevitalizatsiya, yuz kontur plastikasini qilish, lablarni kattalashtirish, ajinlarni tuzatish — botulinoterapiya, giperhidrozni davolash, polimol kislotasi va ekzosomal preparatlar yordamida terini yoshartirish.

    Boshqa lazer muolajalari: lazer epilyatsiya, fraksion slifovka.

    Kasbiy faoliyat:

    2011–2018 y. – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi davolash fakulteti talabasi

    2018–2020 y. – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika ixtisoslashgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy markazi klinik ordinatori

    2020–2021 y. – Amaliy grant ilmiy xodimi: “Androgenbog‘liq dermatopatiyali bemorlarni tashxislash va davolash algoritmini ishlab chiqish”

    2021–2022 y. – Amaliy grant ilmiy xodimi: “Organizmning patomorfologik va immunologik xususiyatlarini o‘rganish asosida melaninli giperpigmentatsiyalarni davolashning patogenetik asoslangan texnologiyasi va 3D tashxislash texnologiyasini ishlab chiqish”

    2024 y.–hozirgi vaqtgacha – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika ixtisoslashgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy markazi bazaviy doktoranti, ilmiy mavzusi: «Teri qarish o‘zgarishlarini gormonal holat va yuqori chastotali UTT diagnostik ma’lumotlarini inobatga olgan holda optimallashtirilgan korreksiya»

    2019 y. – Dermatologiya bo‘yicha Butunjahon Kongressida (Milan, Italiya) poster ma’ruza bilan qatnashish uchun stipendiya sohibasi bo‘ldi

    2019 y. – Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada “Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb muammolari” (Toshkent, O‘zbekiston) og‘zaki ma’ruza bilan chiqdi

    2020 y. – Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazida “Tibbiy kosmetologiya” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirdi

    2024 y. – Yosh olimlar tanlovi g‘olibasi bo‘ldi, ma’ruza mavzusi: «Xronostareniyani davolashda mikroignali RF-lifting va fraksion lazerning kombinatsiyalangan qo‘llanilishi» (Toshkent, O‘zbekiston)