* bilan belgilangan joylar to'ldirilishi majburiy

    Obidov Sardor Zafarovich
    PhD, ilmiy xodim, 2-statsionar bo‘limi, dermatologiya bo‘limi dermatovenerolog shifokori
    Ish staji:
    10 лет
    Ixtisoslashtirish:
    Dermatovenerolog
    Davolash profili:
    Allergodermatozlar, akne, rozasea, vitiligo, psoriaz, pufakchali kasallik, trofik yara, vaskulit
    Kasbiy faoliyat:

    2009-2016 y. – Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida talabalik

    2016-2019 y. – Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida magistratura

    2019-2022 y. – Bazaviy doktorant, Respublika Maxsus Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi, Dermatovenerologiya va kosmetologiya, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi

    2022 y. – hozirgi vaqtgacha – Dermatovenerolog shifokor, Respublika Maxsus Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi, Dermatovenerologiya va kosmetologiya, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi

    2021 y. Qozog‘iston, “T.O.O. Kletocnaya Texnologiya” klinikasida qo‘shimcha professional dastur bo‘yicha malaka oshirish kursi: “Fibroblastlar va mezenxim hujayralarni kultivatsiya qilish”.

    2021 y. – Avstraliya, Melburn shahrida Xalqaro Dermatologlar Kongressida “Global Education Award” mukofoti sovrindori.

    2021 y. 28-29 oktyabr – Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan XV Ilmiy-amaliy dermatovenerolog va kosmetologlar konferensiyasida og‘zaki ma’ruza bilan ishtirok qilgan.

    2023 y. – PhD ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiyasini himoya qilgan: «Trofik yaralari bo‘lgan bemorlarning kliniko-immunologik xususiyatlari va terapiya usullarini optimizatsiya qilish».

    2023 y. – Imrich Sarkany non-European Memorial Scholarship stipendiyasiga ega bo‘lib, Yevropa Dermatovenerologlar Akademiyasining Bahor simpoziumida ishtirok qilgan (Malta, Italiya).

    U O‘zbekiston Dermatovenerologlar Assotsiatsiyasi, Yevropa Dermatovenerologlar Akademiyasi, Xalqaro Dermatologlar Jamiyati (ISD, AQSh) a’zosi.