
Allergodermatozlar
Ugri kasalligi (akne)
Rozasea
Vitiligo
Psoriaz
Teri kasalliklarida xol va boshqa o‘smalarni dermatoskopiya qilish (FotoFinder)
2007–2014 yillarda Toshkent Tibbiy Pediatriya Institutining pediatriya fakultetida tahsil olgan.
2020–2022 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (RISPDMDC) klinik ordinaturani tamomlagan.
2022 yildan hozirga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (RISPDMDC) konsultativ poliklinikasida dermatovenerolog shifokor sifatida faoliyat yuritadi.
“Beautyscience” litsenziyalangan kosmetologiya maktabida bazaviy kosmetologiya, mezoterapiya, PRP-terapiya, pilinglar, osteolifting yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirgan.
Raqamli vizualizatsiyadan foydalanilgan holda (FotoFinder apparati) “Zamonaviy dermatoskopiya usullari” dasturi bo‘yicha o‘quv kursini tamomlagan.
Quyidagi sohalarda ixtisoslashgan: teri kasalliklarini tashxislash va davolash.
Multi Skin Test Center® MC 1000 zamonaviy apparati yordamida terining parametrlarini (namlik, yog‘lik, pigmentatsiya va eritema, elastiklik) baholash.
Soatkulova O.V. AQSh Xalqaro dermatologlar jamiyati a’zosi hisoblanadi.

