* bilan belgilangan joylar to'ldirilishi majburiy

    Xakimov Dilshod Rustamovich
    Tibbiyot fanlari nomzodi, fizioterapiya bo‘limi mudiri
    Ish staji:
    18 лет
    Ixtisoslashtirish:
    Dermatovenerolog
    Davolash profili:

    Allergodermatozlar, yallig‘li husnbuzar kasalligi, rozatsea, vitiligo, psoriaz

    Kasbiy faoliyat:

    2002–2009-yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining davolash fakultetida tahsil olgan.

    2009–2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”da klinik ordinator bo‘lib ishlagan.

    2015-yilda tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qilgan.

    2015-yildan hozirgi kungacha – O‘zbekiston Respublikasi SSV “Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” fizioterapiya bo‘limi mudiri.

    Birlashgan Arab Amirliklari, Gruziya, Qozog‘iston va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi.

    Dermatovenerologiya va kosmetologiya bo‘yicha respublika va xalqaro konferensiyalarda og‘zaki ma’ruzalari bilan qatnashgan.

    Ta’lim dasturlari bo‘yicha pedagogik faoliyat olib boradi.