Avtolog melanotsitlar transplantatsiyasi — bu vitiligo yoki barqaror shakldagi depigmentatsiyani davolashda qo‘llaniladigan zamonaviy jarrohlik usullaridan biridir.
Avtolog melanotsitlar transplantatsiyasi – bu vitiligo yoki barqaror depigmentatsiya holatlarida pigmentatsiyani tiklashga qaratilgan zamonaviy jarrohlik usulidir.
Muolaja quyidagi bosqichlardan iborat:
-
Donor teri uchastkasini tanlash
Odatda son, dumba yoki qorin sohasidan 0,2–0,3 mm qalinlikdagi yupqa teri qatlami olinadi. -
Donor terini qayta ishlash
Teri maxsus uslubda ishlov beriladi (laboratoriya sharoitida hujayra suspenziyasi tayyorlanadi). -
Resipiyent (oluvchi) zonani tayyorlash
Bu hududda epidermisni tozalash uchun mexanik dermabraziya, CO₂ lazer ablatsiyasi yoki dermatome asbobidan foydalaniladi. -
Hujayra suspenziyasini surtish
Tayyorlangan melanotsitlar suspenziyasi ehtiyotkorlik bilan tayyorlangan joyga surtib, ustiga himoya bog‘lam qo‘yiladi. -
Reabilitatsiya davri
Bog‘lam 3–7 kun davomida qoldiriladi. Bu vaqt ichida bemor hududni harakatsiz saqlashi, yuklama qilmasligi kerak. -
Fototerapiya (ko‘rsatmaga ko‘ra)
Transplantatsiyadan 2–4 hafta o‘tib, pigmentatsiyani faollashtirish uchun fototerapiya (masalan, eksimer nurlanishi yoki tor to‘lqinli UVB) qo‘llanilishi mumkin.
Melanotsitlar transplantatsiyasi uchun ko‘rsatmalar:
-
Kamida 6 oy davomida vitiligo o‘chog‘i barqaror bo‘lgan bemorlar.
-
Yondiruvchi (issiqlik, lazer) shikastlanishdan keyingi depigmentatsiya o‘choqlari.
Bemorni tanlashda muhim mezonlar:
-
Bemor yoshi;
-
Vitiligo klinik shakli;
-
Kasallikning bosqichi;
-
Kebner fenomeni mavjudligi yoki yo‘qligi;
-
Oldingi davolash usullariga bo‘lgan javob.

