Gipergidroz — bu vaqti-vaqti bilan yoki doimiy ravishda yuzaga keladigan haddan tashqari ko‘p terlash holatidir.

Gipergidroz sababiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • Birlamchi gipergidroz — ortiqcha terlash boshqa kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Odatda bolalik yoki o‘smirlik davrida namoyon bo‘ladi.

  • Ikkinchi darajali gipergidroz — boshqa kasalliklar fonida yuzaga keladi.

Gipergidroz qanday sabab bilan yuzaga kelishidan qat’i nazar, u bemorning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va dermatologik muammolarni keltirib chiqaradi.

Davolash gipergidrozga sabab bo‘lgan omillarga bog‘liq. Agar gipergidroz ikkilamchi bo‘lsa, asosiy e’tibor uni keltirib chiqargan asosiy kasallikni davolashga qaratiladi.

Birlamchi gipergidrozni davolashning ayrim usullari:

  • Mahalliy antiperspirantlar qo‘llash. Ushbu vositalar terlashni kamaytiradi va noxush hidga sabab bo‘ladigan bakteriyalarni yo‘q qiladi. Antiperspirantlar faqat o‘rtacha darajadagi gipergidrozda samarali.

  • Botulotoksin in’yeksiyalari. Bu muolaja mahalliy terlash holatlarida qo‘llaniladi, teri ostiga yoki ichiga yuboriladi. Preparat asab impulslari ter bezlariga yetib borishini bloklaydi, bu esa terlashni kamaytiradi.

  • Neodimiy lazer terapiyasi. Usul mohiyati — teri osti yog‘ qatlamida joylashgan ko‘pchilik ter bezlarini nobud qilishdan iborat.

Og‘ir darajadagi gipergidrozda jarrohlik usuli — simpatektomiya qo‘llaniladi. Bu operatsiyada simpatik nervning ma’lum bir qismi kesiladi yoki qisib qo‘yiladi, natijada shu sohada ter ishlab chiqarilishi to‘xtaydi.

Botulotoksin bilan gipergidrozni davolash — bu preparat ter bezlari faoliyatini ishga tushiradigan asab tugunlarining sezuvchanligini bloklaydi. Natijada terlash me’yoriy darajaga tushadi.