Inyeksion ozonoterapiya — bu ozonlashtirilgan fiziologik eritmani vena ichiga yuborish usulidir. Ozonlashtirilgan eritma maxsus idish orqali ozon-kislorod aralashmasini o‘tkazish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Inyeksion ozonoterapiyaga ko‘rsatmalar:
-
Kosmetologiya va dermatologiya (mikrotsirkulyatsiyani va terining rangini yaxshilash, husnbuzarlarni davolash, sellyulitga qarshi kurash, ajinlarni kamaytirish, ekzema va boshqa teri kasalliklari);
-
Immun tizimining buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar (doimiy holsizlik sindromi, allergik reaksiyalar);
-
Infeksion kasalliklar (bakterial, virusli yoki zamburug‘li) — pnevmoniya, bronxit, O‘RVI, angina, sinusit, pielonefrit, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar va boshqalar;
-
Uglevod va yog‘ almashinuvi bilan bog‘liq buzilishlar (semizlik, qandli diabet va boshqalar);
-
Periferik arterial qon aylanishi buzilishi va kislorod tanqisligi bilan bog‘liq holatlar (yurak va miya qon tomirlarida ateroskleroz, qon bosimi muammolari va boshqalar).
Ozonoterapiyaga qarshi ko‘rsatmalar:
-
Har xil xildagi qon ketishlar;
-
Miokard infarktining o‘tkir bosqichi;
-
Miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi;
-
Giperterioz (qalqonsimon bez faoliyatining ortishi);
-
Gipoglikemiya (qonda shakar miqdorining pasayishi);
-
O‘tkir pankreatit;
-
O‘tkir alkogolli psixoz;
-
Trombotsitopeniya (qon plastinkalari yetishmovchiligi);
-
Tutqanoq (sudoroga) sindromi.
Ozonoterapiya jiddiy muolaja hisoblanadi, uni faqat maxsus klinikalarda, malakali shifokor tomonidan amalga oshirish lozim.

