Subtsiziya — bu chandiqlar va shramlarni korreksiya qilish usuli bo‘lib, u teri tuzilmasini yaxshilash, chandiqlar chuqurligini kamaytirish va atrofiya (to‘qima cho‘kishi) belgilarini yo‘qotishga yordam beradi.
Muolaja — bu maxsus igna yordamida chandiq tagining kesilishi bo‘lib, buning natijasida shramni dermis (teri osti qatlami) bilan bog‘lab turgan kollagen tolalari uziladi. Natijada to‘qimalar ko‘tariladi va hosil bo‘lgan bo‘shliq kollagen asosidagi preparatlar bilan to‘ldiriladi. Vaqt o‘tishi bilan ushbu joyda organizmning o‘z kollageni ishlab chiqila boshlaydi.
Subtsiziya qilish uchun ko‘rsatmalar:
-
atrofiya (cho‘kkan) chandiqlarning mavjudligi,
-
terining shikastlangan joyida chuqurcha hosil bo‘lishi.
Chandiqning paydo bo‘lganiga qancha vaqt o‘tganining ahamiyati yo‘q — subtsiziya yordamida ham yangi, ham eski postakne chandiqlari korreksiya qilinadi.
Qarshi ko‘rsatmalar:
-
yetilmagan (to‘liq shakllanmagan) chandiqlar,
-
homiladorlik,
-
emizish davri,
-
onkologik kasalliklar,
-
dekompensatsiya bosqichidagi qandli diabet.
Eng yaxshi natijalarga erishish uchun chandiqlarning chuqurligi va xususiyatlariga qarab bir necha subtsiziya seanslarini o‘tkazish talab qilinishi mumkin.

