Tuliy lazer yordamida bosh terisi va sochni davolash — bu sochsizlanish, seboreya va soch to‘kilishini kamaytirish, shuningdek, sochlarning o‘sishini faollashtirish va ularning holatini yaxshilashga yordam beruvchi, shikast yetkazmaydigan zamonaviy muolajadir. LaseMD Ultra — bu dunyodagi yagona fraksion tulliy lazer bo‘lib, u butun yil davomida ishlatilishi mumkin va terini kompleks yoshartirish hamda alopetsiyani (soch to‘kilishini) davolash uchun qo‘llaniladi.

Muolajaning mohiyati:

Impulsli yorug‘lik mikronurlar shaklida bosh terisining kerakli qatlamlariga yetib boradi. Lazer terining chuqur qatlamlarida mikroteshiklar hosil qiladi va bu teshiklardan maxsus tanlangan serum teriga singadi. Ushbu serum bemorning holatiga qarab individual tanlanadi va teriga inyeksiyasiz qo‘llaniladi. Keyin mikroteshiklar avtomatik tarzda “yopiladi” va serumning faol moddalari o‘z ishini davom ettiradi.

Bu jarayon natijasida:

  • hujayralarning yangilanishi faollashadi,

  • qon aylanishi yaxshilanadi,

  • yog‘ bezlari faoliyati me’yorga keladi,

  • soch ildizlari faoliyati tiklanadi.

Muolaja bosqichlari:

  1. Bosh terisi antiseptik vosita bilan tozalanadi.

  2. Fraksion tulliy lazer yordamida bosh terisi ishlanadi.

  3. Lazer ta’sir qilgan joylarga kerakli serum surtiladi.

  4. Jarayon yakunida bosh terisi yana antiseptik bilan ishlanadi va parvarish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.

Davomiyligi:

Muolaja taxminan 40–60 daqiqa davom etadi. Kurslar individual tarzda belgilanadi.

Qarshi ko‘rsatmalar:

  • bosh terisi dermatitlari,

  • qon kasalliklari,

  • surunkali kasalliklarning zo‘raygan davri,

  • epilepsiya,

  • yurak stimulyatori bo‘lishi,

  • homiladorlik va emizish davri,

  • onkologik kasalliklar.