Elektroforez — fizioterapevtik muolajalar turiga kiradi. U turli kasalliklarni kompleks davolash jarayonida qo‘llaniladi. Usulning mohiyati — dori moddalarini organizmga teri yoki shilliq qavat orqali, kesmasdan, dori surtilgan joyga elektr toki ta’sirida yetkazishdir.
Qarshi ko‘rsatmalar
Elektroforez universal va xavfsiz fizioterapevtik muolajalar turiga kirishiga qaramay, unga quyidagi qarshi ko‘rsatmalar mavjud:
-
onkologik kasalliklar;
-
har qanday kasallikning zo‘rayish davri;
-
qon ivish jarayonining buzilishi;
-
ekzema, qichishuvchi dermatoz;
-
gemorragik insult;
-
elektr ta’siriga individual toqat qilmaslik;
-
qon yaratilish tizimi kasalliklari;
-
kardiostimulyator mavjudligi;
-
og‘ir bronxial astma;
-
elektr ta’sir qilinadigan sohada tirnalish, qontalash va boshqa har qanday o‘lchamdagi jarohatlar;
-
yiringli teri kasalliklari;
-
epilepsiya;
-
metall implantlar mavjudligi;
-
anamnezda bo‘shliq ichki qon ketishi.

