Elektrosonterapiya — bu inson markaziy asab tizimiga (MAT) 1–150 Gts chastotali, kuchi kichik (10 mA gacha) va kuchlanishi 80 V gacha bo‘lgan past chastotali impuls toki orqali davolovchi ta’sir ko‘rsatish usuli.

Elektroson ta’siri ostida:
-
hissiy qo‘zg‘aluvchanlik kamayadi;
-
jismoniy va aqliy ish qobiliyati oshadi;
-
vegetativ asab tizimi faoliyati normallashadi, nevrologik kasalliklar alomatlari yengillashadi;
-
spazmatik qon tomir reaksiyalari kamayadi, arterial bosim normallashadi;
-
endokrin tizim faoliyati yaxshilanadi, moddalar almashinuvi me’yorga keladi.
Dastlabki elektroson seanslari 20 daqiqadan oshmaydi. Ammo davolash kursi davomida (ko‘rsatmalarga qarab 10 dan 20 tagacha muolajani o‘z ichiga olishi mumkin) ta’sir qilish vaqti asta-sekin oshiriladi. Muolaja har kuni yoki kunora o‘tkaziladi.
Elektroson qo‘llashga ko‘rsatmalar:
-
aqliy va jismoniy charchash, surunkali charchoq sindromi;
-
psixosomatik kasalliklar, uyqu buzilishlari;
-
nevrologik kasalliklar, xotira buzilishlari, bosh miya jarohatlaridan keyingi reabilitatsiya;
-
yurak-qon tomir kasalliklari – gipertoniya, gipotoniyа, vegeto-tomir distoniyasi, stenokardiya.
Qarshi ko‘rsatmalar:
-
epilepsiya va ruhiy kasalliklar;
-
yurak nuqsonlari;
-
infarkt oldi holati yoki miokard infarkti;
-
insult;
-
glaukoma va katarakta;
-
to‘r pardaning ko‘chishi (retina ajralishi);
-
onkologik kasalliklar;
-
bosh suyagida metall buyumlar mavjudligi.

