Ultrabinafsha nurlanish – bu inson organizmiga ultrabinafsha nurlanish orqali ta’sir ko‘rsatishga asoslangan fizioterapevtik davolash usuli.

Ultrabinafsha nurlanish jarayonida qon aylanishi va modda almashinuvi normallashadi, yallig‘lanish reaksiyalari bartaraf etiladi. UB nurlari organizmda sog‘ayishga to‘sqinlik qiluvchi zararli moddalar va mikroorganizmlarni yo‘q qiladi, ya’ni bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi.

Har qanday yoshda qo‘llash mumkin, to‘g‘ri qo‘llanganda xavfsiz, yuqori samarali va qo‘llash doirasi keng.

Terapiyaning asosiy davolash va profilaktik ta’sirlari:

  • Yallig‘lanishga qarshi;

  • Og‘riq qoldiruvchi;

  • Immunostimulyatsiya qiluvchi;

  • Umumiy mustahkamlovchi;

  • Allergiyaga qarshi.

Qo‘llashga ko‘rsatmalar:

  • Vitiligo;

  • Yaralar va teri shikastlanishlari;

  • Dermatomikozlar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

  • Ultrabinafshaga yuqori sezuvchanlik;

  • Turli xil o‘smalar;

  • Gipertoniya;

  • Sil kasalligi.