Peloidoterapiya — bu davolash va profilaktika maqsadida davolovchi balchiq yoki uning tarkibiy qismlaridan maqsadli va ilmiy asoslangan holda foydalanishdir.

Davolovchi balchiqlar (peloidlar) — bu tabiiy organo-mineral kolloid tuzilmalar bo‘lib, yuqori issiqlik sig‘imi va issiqlikni ushlab turish xususiyatiga ega, hamda tarkibida terapevtik jihatdan faol moddalar (tuzlar, gazlar, biologik faol moddalar va boshqalar), shuningdek tirik mikroorganizmlar mavjud.

Fundamental tadqiqotlar asosida, prof. Mavlyanova Sh.Z. tomonidan O‘zbekistonning tabiiy resurslari asosida ishlab chiqilgan yangi innovatsion tashqi terapiya usullari teri kasalligi bo‘lgan bemorlarga joriy etildi — faollashtirilgan kremniyli eritmalar yordamida balneoterapiya, peloidoterapiya — davolovchi balchiqlar, bu esa olib borilayotgan davolashning terapevtik samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Bemorlar uchun tashqi qo‘llashga mo‘ljallangan “Fatiderm-M” balchiqli niqob va “Fatiderm” tonigi tavsiya etiladi. Ushbu preparatlar tarkibida kremniy va nodir yer elementlari mavjud bo‘lib, ular patologik elementlarning tezroq so‘rilishini, teri holatining yaxshilanishini, namlanishini ta’minlaydi. Bu nafaqat teri kasalligi bo‘lgan bemorlar uchun, balki namlovchi, oziqlantiruvchi va lifting ta’sirini olishni istagan shaxslar uchun ham muhimdir.