Ultratovush terapiyasi – bu davolash va profilaktika maqsadida inson organizmiga juda yuqori chastotali mexanik tebranishlar ta’siridir. Ularning kirib borishi 6 sm gacha yetadi va shifo beruvchi ta’sirni ta’minlovchi o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi.
Ta’sir mexanizmi
-
Mikromassaj – mexanik to‘lqinni hujayra massajiga (hujayra darajasidagi ta’sir) qiyoslash mumkin. Bu hujayralararo va hujayra ichidagi suyuqlik harakatiga yordam beradi, modda almashinuv jarayonlarini tezlashtiradi, organlar faoliyatini rag‘batlantiradi.
-
Issiqlik energiyasi hosil bo‘lishi va ajralishi – bu biokimyoviy reaksiyalar va diffuziya jarayonlarini faollashtiradi, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, organizm uchun zarur bo‘lgan moddalar sintezini rag‘batlantiradi.
Ultratovush ta’sirida quyidagi samaralar kuzatiladi:
-
Qon aylanishi hujayra darajasida yaxshilanadi;
-
Tomirlar kengayadi;
-
Asab qo‘zg‘aluvchanligi va periferik asab tizimi faoliyati tiklanadi;
-
Mushak qisqarishlari, shish va yallig‘lanish jarayonlari bartaraf etiladi;
-
Og‘riq kamayadi;
-
Organizmning himoya xususiyatlari oshadi;
-
Chandiqlar so‘riladi yoki yanada elastik bo‘ladi.
Ultratovush dorivor moddalarni to‘qimalarga chuqur kirib borishiga yordam beradi (ultrafonoforez). Uning ta’sirisiz malham va eritmalar 0,15–0,2 sm dan ortiq chuqurlikka kira olmaydi, ultratovush yordamida esa 2–5 sm gacha kiradi.
Qo‘llashga ko‘rsatmalar:
-
Sklerodermiya;
-
Vitiligo;
-
Po‘choq kasalligi (pochesuha);
-
Psoriaz;
-
Ixtioz;
-
Atopik dermatit.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
-
Og‘ir yurak va qon tomir kasalliklari;
-
Homiladorlik va emizish davri;
-
Tomirlarning yallig‘lanishi va unda tromb hosil bo‘lishi;
-
Osteoporoz;
-
Yiringli-yallig‘lanish jarayonlari;
-
Onkologik kasalliklar;
-
To‘qimalarni isitish va tebratish taqiqlangan barcha holatlar
Oldin va keyin

