Balneoterapiya — bu tabiiy mineral suvlar, tuzlar, balchiqlardan foydalanishga asoslangan davolash, profilaktika va tiklash usuli. Bu tabiiy dori vositalarining yuqori samaradorligi haqida hatto Qadimgi Yunonistonda ham ma’lum bo‘lgan. So‘zma-so‘z tarjimada yunon tilidan “balneoterapiya” — “cho‘milish haqidagi ta’limot” degan ma’noni anglatadi.
Davolash mohiyati — tashqi ta’sir orqali, ya’ni suvda yoki shifobaxsh balchiqda bo‘lish. Hammom va dushlar (umumiy yoki mahalliy) balneoterapiyaning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Ichki bo‘shliq orqali — mineral suvlar bilan yuvish; ichish orqali davolash ham qo‘llaniladi.

