Quruq uglekislotali vanna (CO₂) — bu suv ishlatilmaydigan, uglerod (uglekislotali) gazi va bug‘ning me’yorlangan oqimini ta’minlaydigan muolaja hisoblanadi. Gaz qizdirilgan bug‘ bilan birga uzatiladi, bu esa teri teshikchalarini kengaytirish va uglekislotaning organizmga sifatli kirib borishini ta’minlash uchun zarurdir. Suvli uglekislotali vannadan farqli ravishda (gazli vannalar — balneoterapiya turi), “quruq” vannada bemor namlangan gaz muhitida bo‘ladi.
Bemor shunday joylashtiriladiki, faqat boshi tashqarida qoladi, tana esa maxsus plash bilan yopiladi — bu gazning vannadan chiqib ketmasligini ta’minlaydi. Bemor normal atmosferadagi havodan nafas oladi, shu paytda uning tanasi 28–32 °C haroratgacha qizdirilgan uglekislotali gaz bilan 15–20 daqiqa davomida ishlanadi. Shu sababli bu muolaja “gazli konvert” yoki “gazli o‘rash” deb ham ataladi.
U ko‘plab teri kasalliklarida qo‘llanadi, masalan: qichishma (pochesuxa), ixtioz, atopik dermatit, bullezli epidermoliz, psoriaz, neyrodermit, teri qichishi.
Uglekislotaning ta’siri: yurak ritmini me’yorlashtiradi, yurak mushaklarining qisqarish qobiliyatini oshiradi, qon tomirlarini kengaytiradi. Natijada — barcha a’zolarga keladigan qon hajmi ortadi, venoz qon oqimi yaxshilanadi.
Quruq uglekislotali vanna (CO₂) kapillyarlarni kengaytirishga yordam beradi, buning natijasida tomir ichiga yuborilgan dori vositalari zararlangan joyga tezroq va samaraliroq yetib boradi. Demak, CO₂ organizmdagi barcha biokimyoviy jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

