Innovatsion PRP terapiyasi qo‘llanilgan kremniyli eritmalar va kremniyli krem yordamida davolash usuli patogen mikroflora kolonizatsiyasi darajasini kamaytirishga, limfotsitar infiltratni pasaytirishga, yallig‘lanishga qarshi ta’sirni kuchaytirishga va terining regeneratsiyasini ta’minlashga yordam beradi. PRP-protsedurasidagi trombotsitlarga boy plazmada mavjud “o‘sish omillari” shikastlangan to‘qimalarning tez tiklanishini rag‘batlantiradi. Aktivlashtirilgan kremniyli suv va kremniyli kremdagi shifobaxsh minerallar preparatning samaradorligini oshiradi va hujayralarning regeneratsiyasini tezlashtiradi.

Xizmat prinsipi: Bemor plazmasidan tayyorlangan 3,0–5,0 ml PRP eritmasini yara o‘chog‘i atrofida haftasiga 1 marta in’yeksiya qilish, shuningdek, yara o‘choqlariga 10 kun davomida aktivlashtirilgan kremniyli eritma (“ASW – tonik Fatiderm”) bilan namlangan steril marli qo‘yish. Keyinchalik yara atrofidagi teriga 5% kremniyli krem (“Disderm”) 2 mahal surtish (30 kun davomida).

Ko‘rsatmalar:

  • teri trofik yaralari,

  • yarali-nekrotik vaskulit,

  • surunkali yarali piodermiya.

Qarshi ko‘rsatmalar: Individual o‘zlashtirmaslik.

Bolalarda qo‘llash: 12 yoshgacha bo‘lgan bemorlarga tavsiya etilmaydi.

Bajarish metodikasi: Bemor plazmasidan tayyorlangan 3,0–5,0 ml PRP eritmasi yara o‘chog‘i atrofida haftasiga 1 marta yuboriladi. Keyin yara o‘choqlariga 10 kun davomida aktivlashtirilgan kremniyli eritma (“ASW – tonik Fatiderm”) bilan namlangan steril marli qo‘yiladi. Shundan so‘ng yara atrofiga 5% kremniyli krem (“Disderm”) kuniga 2 mahal 30 kun davomida surtiladi. Protsedura 4–5 kurs davomida, har 2 haftada bir marta amalga oshiriladi.