Pikosekundli (ultraqisqa impulsli) lazer PICOWAY – bu terini fraksion yoshartirishga mo‘ljallangan innovatsion texnologiya bo‘lib, unda ultraqisqa va tez impuls teri hujayralariga tanlab yetkaziladi va terini tiklash jarayonini noinvaziv (ya’ni shikast yetkazmasdan) tarzda ishga tushiradi! PicoWay lazeri fraksion to‘lqin uzunligi moduli va noyob pikosekund texnologiyasi bilan ajralib turadi, bu esa terini yanada tarang, elastik va silliq ko‘rinishga keltiradi.

PICO innovatsion texnologiyasi o‘zining yengil va tez ta’siri bilan ilgari faqat agressiv texnologiyalar orqali erishiladigan fraksion ANTI-AGE (qarish belgilari qarshi) estetik natijalarga erishishga imkon beradi!

Tabiiy yoshartirish va sog‘lom nur sochuvchi teri, og‘riqsiz muolaja, muolajadan keyingi tiklanish davri atigi bir necha kunni tashkil etadi!

Muolajalarni yil davomida bajarish mumkin!

MUHIM: “PicoWay” muolajalari juda faol quyoshli davrda ham bajarilishi mumkin, faqat muolajadan keyin SPF himoya kremlarini ishlatish tavsiya etiladi.

Pikosekundli lazer natijalari:

  • Ajinlar kamayadi;

  • Teri taranglashadi;

  • Teri rangi bir hil bo‘ladi;

  • Kengaygan teshikchalar torayadi;

  • Pigmentatsiya, ajinlar, qarilik dog‘lari kamayadi;

  • Chandiqlar yo‘qoladi;

  • Terining tuzilishi yaxshilanadi.

Muolajalar soni:

Odatda 3 ta muolaja talab etiladi, har biri 4 haftalik oraliqda o‘tkaziladi. Aniq muolajalar sonini mutaxassis sizning tashrifingizda aniqlab beradi va individual davolash rejasi tuziladi.

Pikosekundli lazer fraksion yoshartirishda eng samarali usullardan biri hisoblanadi.

“PicoWay” boshqa fraksion lazerlardan farqli ravishda juda aniq, tez va ultraqisqa impulslar chiqaradi va bu teri tuzilmasiga deyarli zarar yetkazmaydi.