“Zolushka effekti” lazerli yoshartirish Candela GentleMAX Pro kuchli lazer tizimi yordamida amalga oshiriladi. GentleFACIAL – bu deyarli barcha teri qarish belgilari yechimiga qaratilgan eksklyuziv yoshartiruvchi muolajalar dasturidir. Lazer impulsi energiyasi dermaning chuqur qatlamlarida yosh kollagen sintezini rag‘batlantiradi, natijada terining elastikligi, tarangligi, silliqligi va sog‘lom rangi ta’minlanadi. Ajinlarni tekislash, yuzdagi qon tomirlarini, gipergmentatsiyani, quyosh va yosh bilan bog‘liq dog‘larni yo‘qotish, teri rangi bir tekisligini yaxshilash — bularning barchasini bemorning individual ehtiyojlariga mos tarzda taklif qilishingiz mumkin.

Lazerli yoshartirish natijalari:

  • Terining elastikligi va tarangligi oshadi,

  • Uning ohangi va tuzilishi yaxshilanadi,

  • Pigment dog‘lari xiralashadi va yo‘qoladi,

  • Yuz rangi bir tekis bo‘ladi,

  • Mayda ajinlar tekislanadi,

  • Teri yanada namlangan, silliq, tinchlangan va yangilangandek ko‘rinadi.