Piling – bu terining ustki qatlamida to‘plangan o‘lik hujayralarni tozalash orqali uni chuqur tozalash usulidir. Bu jarayon terida tabiiy tiklanish (regeneratsiya) mexanizmlarini faollashtiradi, hujayralarni yangilaydi va oziqlanishini yaxshilaydi. O‘lik hujayralar qatlamining bir necha darajali tozalanishi natijasida kollagen va elastin ishlab chiqarilishi rag‘batlantiriladi, yosh hujayralar paydo bo‘ladi va teri umumiy ravishda yosharadi.

Pilinglar ta’sir usuliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

  • Mexanik piling – epidermisning ustki qatlamini qo‘lda (skrablardan foydalangan holda) yoki apparatlar yordamida abraziv vositalar bilan tozalash.

  • Fermentativ piling – terining qotgan qatlamidagi oqsillarni fermentlar yordamida parchalash (ko‘pincha papayya fermenti, tripsin yoki ximotripsin ishlatiladi).

  • Fizik yoki apparat pilingi – terining ustki qatlamini maxsus uskunalar yordamida tozalash.

Pilinglar chuqurligiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

  • Yuzaki piling – faqat epidermisning donador va ro‘zak qatlamlarida amalga oshiriladi.

  • O‘rtacha chuqurlikdagi piling – epidermisdan dermaning papillari (so‘rg‘ichli) qatlamigacha kirib boradi.

  • Chuqur piling – dermaning retikulyar (to‘r) qatlamiga ta’sir qiladi.

Piling kursi kosmetolog tomonidan belgilanadi – u terining turi, holati va mavjud muammolarni hisobga olgan holda individual tarzda tanlanadi.

Bizning klinikamizda quyidagi piling turlari amalga oshiriladi:

  • Advanced Resurfacing Peel – yoshga bog‘liq o‘zgarishlar (ajinlar, pigmentatsiya, terining elastikligi va tarangligini yo‘qotish) bilan kurashishga mo‘ljallangan.

  • Brightening Peel – oqartiruvchi ta’sirga ega, pigment dog‘larini kamaytiradi va teri rangini bir xil qiladi.

  • Clarifying Peel – yog‘li va husnbuzarga moyil teri uchun maxsus ishlab chiqilgan.

  • Glow Enhancing Peel – namlantiruvchi xususiyatga ega, teri rangini yaxshilaydi.

  • Lazerli karbon piling – bu apparat va mexanik usulni birlashtirgan muolaja bo‘lib, yog‘li, kengaygan teshikli va muammoli teri uchun tavsiya etiladi. U yog‘ ajralmalarini tozalaydi, ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi va giperpigmentatsiyalangan yuzni davolaydi.