Biorevitalizatsiya – bu nima?
Biorevitalizatsiya – bu yuz va bo‘yindagi terini yoshartirish hamda tiklash uchun qo‘llaniladigan muolaja. Bu usul foydali moddalarning yuqori konsentratsiyasiga ega preparatlarni teri ichiga in’yeksiya yoki lazer orqali yuborishni o‘z ichiga oladi.
Biorevitalizatsiya natijalari:
-
Quruqlikni yo‘qotish, teri namlik bilan to‘yinadi;
-
Mayda mimik ajinlarni tekislash;
-
Ko‘z osti halqalari va “g‘oz panjasi” deb ataladigan ajinlarning kamayishi;
-
Terining elastikligi va tarangligining oshishi;
-
Yuz konturining yaxshilanishi, teri ko‘proq tortilgan ko‘rinadi;
-
Yuz terisining silliqligi va rangining yaxshilanishi.
Biorevitalizatsiya kursini belgilash uchun shifokor-kosmetologning ko‘rigi va maslahatidan o‘tish talab etiladi.

