Umumiy ma’lumotlar

Hozirgi kunda  “Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi dermatovenerologiya va kosmetologiya” (RIDV va KIATM) O‘zbekistonda dermatovenerologik xizmatning yetakchi davolash-diagnostika va ilmiy-metodik markazi hisoblanadi. Markaz eng yirik yutuqlarga erishgan bo‘lib, bu yutuqlar xizmatning rivojlanishi, ilmiy kashfiyotlar va dermatovenerolog mutaxassislar tayyorlash hamda qayta tayyorlash bilan belgilanadi. Hozirgi kunda markaz zamonaviy dermatologiya va venerologiya sohasidagi dolzarb muammolarni hal qila oladigan mustahkam ilmiy bazaga ega.

Yaqtgacha markazimiz “Dermatologiya va venerologiya ilmiy-tadqiqot instituti” (NIIDiV) nomi bilan mashhur edi. Biroq O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish dasturiga muvofiq, institutimiz RIDV va KIATM nomini oldi. Markaz nomidan ko‘rinib turibdiki, markaz yanada tor va ixtisoslashgan yo‘nalishga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida aholiga taqdim etiladigan tibbiy xizmatlar va olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar kengaydi.

NIIDiVni RIDV va KIATMga aylantirish bilan birga markazning tashkiliy tuzilmasida ham o‘zgarishlar yuz berdi.